Yuzaga kelgan barcha muammo va qiyinchiliklarga qaramay 2008 yilda iqtisodiyotning nafaqat
barqaror faoliyat ko‘rsatishiga, balki uning yuqori o‘sish sur’atlarini izchil ta’minlashga erishildi.
O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritilayotgan xorijiy investitsiyalar hajmi izchil va barqaror o‘sib bordi.
2008 yilda 1 milliard 700 million AQSH dollari miqdoridagi xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirildi.
Bu 2007 yildagiga nisbatan 46 foiz ko‘p. Eng muhimi, xorijiy investitsiyalarning 74 foizini
to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar tashkil etdi. Jahon inqirozi davom etayotganiga qaramasdan, 2009
yilda iqtisodiyotga jalb etiladigan xorijiy investitsiyalar hajmi 1 milliard 800
million dollarga
ko‘payadi, buning to‘rtdan uch qismi to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalardir.
Iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish va uni modernizatsiya qilish borasida
strategik muhim rol o‘ynaydigan loyihalarni amalga oshirish, birinchi navbatda, ishlab chiqarish
infratuzilmasini shakllantirishda 2006 yilda tashkil etilgan, bugungi kunda 3 milliard 200
million
AQSH dollaridan ortiq nizom jamg‘armasiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va
taraqqiyot fondi faoliyatiga katta ahamiyat berildi. Yaqin istiqbolda ushbu Fond aktivlarini 5
milliard dollarga yetkazish ko‘zda tutildi. O‘tgan ikki yil mobaynida o‘nlab yirik sanoat va
infratuzilma inshootlarini moliyalashtirish va hamkorlikda moliyalashtirish uchun Fond tomonidan
550 million AQSH dollaridan ziyod miqdorda kreditlar ajratildi