“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o‘quv –uslubiy majmua


“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/188
tarix05.12.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#174036
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   188
fitopreparatlar texnologiyasi (2)

“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua
80 
qo‘rg‘oshin atsetatining, uning to‘liq chiqishini ta‘minlash 30-40% quyiladi. Tannidlarning cho‘kish 
jarayoni 10 daqiqa davom etadi, so‘ng bug‘latish jarayoni tugatiladi. Aylantirgich o‘chirilib, 30 daqiqa 
cho‘kma hosil bo‘lguncha tindiriladi. Tindirilgan aralashma kristallizatorda sifonlanadi. Cho‘kib 
qolgan tannidlar va moysimon moddalar reaktorning quyi qismidan cho‘kmalarni qayta ishlovchi 
joyga chiqarib yuboriladi. Kristallizatorda kofeinning aralashmasi 10-15

C gacha sovutiladi va u to‘liq 
kristallangancha xuddi shu haroratda 30 daqiqa saqlanadi. Cho‘kmalarda qolib ketgan kofeinni 
sentrifugada fugatlanadi. Texnik kofeinni keyingi texnik jarayonga yuboriladi. Qoldiq eritma alohida 
tozalanadi. Texnik kofeinni qobiqli qizdiruvchi va aralashtirgichli reaktorga ortiladi, unga toza 
kofeinning Qoldiq eritma aralashmalari 60 daqiqa davomida boriladi. Bo‘tqani qaynatiladi, 
qaynayotgan bo‘tqaga qolgan 60-65% suvli aralashma va tannidlar cho‘kmasining asosiy qismidagi 
qo‘rg‘oshin arashaltiriladi. Aralashma 20-30 daqiqa qaynatiladi, toki barcha tannidlar cho‘kkuncha, 
undan so‘ng issiq aralashma nutch-filtrda filtrlanadi. Filtrat reaktorga atsetat qoldiqlari esa qoldiq 
eritmalarga qayta ishlovchi joyga jo‘natiladi.
Qo’rg’oshinning ortiqcha ionlarini cho’ktirish
. Reaktorga filtratni qaynaguncha qizdiriladi va 
ishlayotgan aylantirgichga fosfat natriyni to‘yingan suvli aralashmasi qo‘shiladi, toki qo‘rg‘oshin 
ionlarining ortiqchasi cho‘kkuncha. Qo‘rg‘oshin ionlarining ortiqchasi cho‘kib bo‘lgach unga 
tiniqlashtiruvchi, faollantirilgan yog‘och ko‘miri solinadi, so‘ng uni 20-30 daqiqa reaktorning 
qopqog‘I yopiq holatda qaynatiladi. Issiq suspenziya nutch-filtrda jo‘natiladi, ikki qavat filtr qog‘oziga 
o‘ralgan holatda va filtr iplari solingan qopcha bilan filtratni kristallizatordagi yarim toza kofeinga 
aralashtiriladi. Cho‘kmalar esa cho‘kindi qayta ishlovchi joylarga yuboriladi. Kofeinning tozalangan 
aralashmasi kristallizatorda 10-15 
0
C haroratda sovutiladi va uni shu holatda 20-30 daqiqa ushlanadi. 
Kofeinni kristall cho‘kmalari sentrifugada fugatlanadi va sovuq distillangan suv bilan yuviladi. Qoldiq 
eritmalar alohida ishlanadi.
Kofeinni tozalash.
Nam, yarim toza kofein qobiqli isitgich va aralashtirgichli reaktorga 
yuklanadi, 60 ayl/daq. Davomida unga faollantirilgan ko‘mir va o‘lchagichdan distillangan suv 
solinadi. Aralashma 20-30 daqiqa qaynatiladi. Issiq aralashma yig‘gichda filtrlanib, so‘ng aralashma 
toza kofein kristallizatoriga yuboriladi. Nutch-filtrdagi cho‘kindilar, ularni qayta ishlovchi joyga 
jo‘natiladi. Kofeinni suvli toza aralashmasi 10-15 

C gacha kristalizatorda sovutiladi va aylantirgichda 
shu holatida 30 daqiqa ushlanadi. Quyuq suspenziyani sentrifugada fugalanadi va sovuq suv bilan 
yaxshilab yuviladi. Sentrifugadan ajralib chiqqan kofein kalorifer quritgichda 70-75
0
C quritiladi. 
Quruq kofeinni mahsus ―dezintegrator‖ tegirmonida maydalanadi.

Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin