“Fitopreparatlar texnologiyasi” fanidan o„quv –uslubiy majmua 90
Kraxmal olish usullari. Kraxmal o`simlik mahsulotiga qarab bir necha usul bilan olinadi. Kartoshka
tuganadidan kraxmal olish uchun tuganak tozalanadi va maxsus sim to`r ustida qirqichda qiriladi.
Uning ustiga suv quyib yuviladi. Kraxmal suv bilan birga sim to`r ustidagi idishga tushib cho`kadi.
Kraxmalni tozalash uchun toza suv bilan aralashtiriladi va tindiriladi. Suv esa to`kib tashlanadi. Bu ish
bir necha marta takrorlanadi. Kraxmal toza bo`lganidan so`ng quritiladi. Qurigan kraxmal tarkibida
20% gacha namlik bo`lishi mumkin. Donli o`simliklar mevasidan va urug`idan kraxmal olish ancha
murakkab. Chunki meva, urug` tarkibida kraxmaldan tashqari oqsil shuningdek, suvda erimaydigan
boshqa moddalar ham bo`ladi. Ana shu moddalar kraxmal olishga halal beradi. Bu birikmalarni
dastavval mikroorganizmlar yordamida achitilib hamda parchalab, suvda eriydigan mahsulotlarga
aylantiriladi. Kraxmalning xususiyatlari. Kraxmal glyukonlarga kirib o`simlik xujayralarida
donachalar shaklda vujudga keladi. Bu donachalar 96,1-97,6% polisaxaridlardan, 0,2-0,7% mineral
moddalardan, 0,6% gacha qattiq yog` kislotalardan va boshqalardan tashkil topgan. Kraxmal xidsiz,
mazasiz, mayin oq kukun bo`lib, barmoq orasiga olib ishqalansa qichirlaydi.
Quritilgan, suvsiz kraxmalning zichligi 1,620-1,650. Kraxmal sovuq suv, spirt, efir va boshqa
organik erituvchilarda erimaydi. Agar 68-75
O
issik suvga solinsa, donachalari ishshib yoriladi va
quyuq, yopishqoq suyuqlik-kleyster hosil qiladi. Kraxmalning eng xarakterli sifat reaktsiyasi yod bilan
bo`yalishidir. Bu juda ham sezuvchan reaktsiya bo`lib, yodning eritmadagi kontsentratsiyasi 1:500000
ga etsa ham kraxmal bilan ko`k rang beradi. Yod bilan bo`yalgan kraxmal qizdirilsa, ko`k rang
yuqoladi, sovitilganda esa yangidan ko`k rang hosil bo`ladi. Kraxmal kislotalar, ishqorlar hamda
diastaza fermenti ta'sirida gidrolizlanadi. Gidroliz kislotalar ta'sirida olib borilsa, monosaxarid -
glyukoza, diastaza fermenti ishtirokida o`tkazilsa, disaxarid - maltoza hosil bo`ladi. Gidrolizlangan
kraxmaldan glyukoza yoki maltoza hosil bo`lmasdan avval bir qancha oraliq, mahsulotlar hosil
bo`ladi. Dekstrinlar ham polisaxaridlarga kiradi. Umumiy formulasi (C
6
H
10
O
5
)n. Kraxmal
donachasining amilopektin va amilozadan tuzilganini quyidagi reaktsiya bilan aniqlash mumkin,
Buyum oynasiga kraxmalning suvdagi aralashmasidan ozgina solinadi va uning ustiga 1-2 tomchi 3%
li. Qonning eritmasidan tomizib, qoplagich oyna bilan yopiladi va mikroskopning kichik ob'ektivida
quriladi. Mikroskopda kraxmal donachalarining ishishini, yorilishini va yuq bo`lib ketishini kuzatish
mumkin. Preparatdagi ishqorni neytrallash uchun 1% li sirka kislota eritmasidan tomiziladi. So`ngra
Lyugol eritmasidan 1-2 tomchi qo`shilsa, gidroliz natijasida hosil bo`lgan bo`lakchalar binafsha,
ba'zilari esa ko`k rangga bo`yaladi. Shulardan binafsha rangga kirgani amilopektin, ko`k rangga
kirgani amiloza hisoblanadi. Kraxmallar asosan tuzilishi va o`lchamlari bilan bir-biridan farq qiladi.
Tibbiyotda va dorishunoslikda 4 ta o`simlikdan olingan kraxmal ishlatiladi. Ular bir-biridan
donachalarining shakli, katta-kichiklari, tuzilishi bilan farq qiladi.
1. Kartoshka kraxmali - kartoshka tuganagidan olinadi.
2. Bug`doy kraxmali – bug`doy donidan olinadi.
3. Makkajo`xori kraxmali - makkajo`xori donidan olinadi.
4. Guruch kraxmali - sholi donidan olinadi.
Ishlatilishi. Kraxmal meditsinada keng qo`llaniladi. U chaqaloqlarga sepiladigan poroshok va teriga
surtiladigan moylar tayerlashda ishlatiladi. Kraxmal kleyi shimdirilgan bintlar xirurgiyada singan va
chiqqan organlarda qimirlaydigan qilib bog`lash uchun ishlatiladi. Undan tashqari kraxmal tabletkalar
olishda biriktiruvchi va tabletkalarning erishini tezlashtiruvchi omil sifatida, dekstrin esa emulsiyalar
tayerlashda emulgator sifatida ishlatiladi.
5. Uslubiy ta'minot
Asbob va idishlar:
1. Quritilgan o`simlik xom ashyosi.
2. Dorixona tarozlari.
3. Suv xammomi.
4. Kolba.
5. Probirkalar.
6.Chinni idish.
7. Bo`luvchi voronka.