tanishtirish, hamda shu bilan birga bozor konyukturasi o‘zgarishini
mustaqil baholay
olishlik, tijorat muammolarini hal qilishga ijodiy yondashish, iqtisodiy samaradorlikni
hisobga olgan holda joriy va strategik qarorlarni qabul qilish,
savdo va ommaviy
ovqatlanish korxonalari faoliyati samaradorligini oshirishning asosiy yo‘nalishlarini
aniqlash masalalari to‘g‘risida nazariy bilimga ega bo‘lishini ta’minlashdan iboratdir.
Kursni
o‘qitish
jarayonida
o‘zbekiston
Respublikasining
mulkchilik
to‘g‘risidagi, korxonalar, tadbirkorlik faoliyati va savdoga ta’luqli qonunlar va bozor
iqtisodiyotiga o‘tish
mexanizmini yaratish, savdo va ommaviy ovqatlanishni tashkil
qilish sohasida tadbirkorlikni taraqqiy ettirish to‘g‘risidagi hukumat qarorlari va boshqa
hujjatlardan foydalanish lozim. Kursda eng muhim o‘rinni bozor munosabatlariga o‘tish
va raqobat muhitini yaratish sharoitida savdo va ommaviy ovqatlanish korxonalari
samaradorligini oshirish va rivojlanish imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha
tashkiliy-iqtisodiy choralarni ishlab chiqarish bilan bog‘liq masalalar egallagan. Ushbu
kurs
iqtisodiyot nazariyasi; mikro-makroiqtisodiyot; marketing;
menejment; logistika;
buxgalteriya hisobi; iqtisodiy tahlil; audit; statistika; moliya, pul
muomalasi va kredit;
soliq va soliqqa tortish; sug‘urta hamda boshqa iqtisodiyotga oid fanlar bilan uzviy
aloqadorlikda o‘rganiladi.
Talabalardan
matematik dasturlash, rejalashtirishda iqtisodiy-matematik fanlarda
o‘rgangan bilimlaridan keng foydalanish tavsiya qilinadi.
Dostları ilə paylaş: