13.10.2023 dan O'zbekiston hududida amal
qiluvchi tarif rejalari, tarif paketlari va
opsiyalar.
Tarifikatsiyaning asosiy prinsiplari.
Agar muayyan Tariflarning, jumladan Tarif paketlarining, Tarif opsiyalarining va Qo'shimcha
xizmatlarning tavsiflarida boshqasi to'g'ridan-to'g'ri ko'rsatilgan bo'lmasa, Tarifikatsiyaning
quyidagi prinsiplari amal qiladi:
•
Tariflar faqat aloqa xizmatlaridan shaxsan foydalanish maqsadida foydalanuvchi jismoniy
shaxslar uchun amal qiladi;
•
Barcha Tariflar so'mda QQSni hisobga olgan holda ko'rsatilgan;
•
Xizmatlar avans to'lovi orqali to'lanadi (agar muayyan Xizmat yoki Tarif tavsifida boshqasi
ko'zda tutilgan bo'lmasa). Avans to'lovining minimal summasi – 10 000 so'm.
•
Hisob-kitob davri tanlangan Tarifga qarab 30, 90, 180, 360 kalendar kuniga, agar Tarifda
belgilanmagan bo'lsa, 30 kalendar kuniga teng bo'lishi mumkin. Hisob-kitob davri Mijoz har
qanday Tarifga ulangan vaqtdan boshlanadi, Tarif paketiga ulanganda Hisob-kitob davri
qaytadan kecha boshlaydi.
•
Narxlar tarifikatsiya birligida ko'rsatilgan.
•
Qo'ng'iroqlarning tarifikatsiya birligi – 1 daqiqa, qo'ng'iroqlarni hisobga olish
va tarifikatsiya qilish daqiqabay hisoblanadi, tarifikatsiyaning to'liq bo'lmagan birligi
narxi tarifikatsiyaning to'liq birligi narxiga teng.
•
Ma'lumotlarni uzatish trafigi hajmi 1 b'dan hisoblanadi. Mobil ilovada
ma'lumotlarni uzatish trafigi hajmi 0,1 GB'gacha yaxlitlangan holda aks etadi.
•
SMS/MMS'larning Tarifikatsiya birligi – dona.
•
O'zbekiston Respublikasi hududida bo'lganda Provayderning axborot-ma'lumot tizimi
raqamlariga qilingan qo'ng'iroqlar va jo'natilgan SMS'lar, shuningdek «HUMANS.uz» ilovasi va
«humans.uz» sayti trafigi uchun pul to'lanmaydi.
•
Provayder Shartnoma tuzilishida to'lov qilinishi kerak bo'lgan, Xizmatlar uchun oldindan
to'lov (avans) sifatida baholanadigan summalarni belgilashga haqli.
Har bir Tarifning narxiga quyidagilar kiritilgan:
•
Humans.uz sayti, Humans ilovasi, shuningdek AppStore, GooglePlay (Ilovani
yuklash maqsadida) ilovalar do'konidan foydalanish maqsadida 48 soat Mobil internetdan
maksimal tezlikda foydalanish imkoni. Ushbu imkoniyatlar Mijozga ilk marta faollashtirilgan
SIM-karta uchun har qanday Tarif paketini birinchi marta ulaganida taqdim etiladi.
• Bank va to'lov tashkilotlarining rasmiy ilovalaridan cheksiz foydalanish imkoni:
ro‘yxat
O'zbekiston Respublikasining tashqarisida kirish va chiqish qo' ng' iroqlari, SMS va Mobil
Internetga
rouming uchun tariflarga
muvofiq, xalqaro chiqish qo'ngiroqlari, SMS'larga -
xalqaro
qo'ng'iroqlar uchun tariflarga
muvofiq to'lov qilinadi
Qisqa raqamlarga kirish va chiqish qo'ng'iroqlari va SMSlar
alohida tariflar
bo'yicha qo'shimcha
ravishda to'lanadi. Agar Qisqa raqamlardan foydalangan holda xizmatlar ko'rsatish tariflarida
boshqasi ko'zda tutilgan bo'lmasa, Tarifikatsiyaning umimiy prinsiplari, shuningdek
Qisqa
raqamlardan foydalangan holda xizmatlar ko'rsatish qoidalaridagi nizomlar
hamda
Humans
aloqa xizmatlarini ko'rsatish shartlari qo'llaniladi
.
Agar quyidagi shartlar bajarilgan holatda:
a)
mijoz ketma-ket 32 yoki undan ortiq kalendar kuni davomida pullik
Xizmatlardan foydalanmasa;
b)
ketma-ket 32 yoki undan ortiq kalendar kun davomida Mijozning Shaxsiy
hisobvarag'idan hech qanday hisobdan o'chirish bo'lmasa;
c)
Mijozda ulangan Tarif paketi yoki Opsiyasi mavjud bo‘lmasa, istalgan tarifda kuniga 400
so‘m abonent to‘lovi yechib olinadi. Abonent to‘lovi har kuni Shaxsiy hisobdagi qoldiq nolga
teng bo‘lgunga qadar yechib olinadi. Yuqorida ko‘rsatilgan abonent to‘lovining yechilishi pullik
Xizmatdan foydalanish yoki yuqoridagi a) va b) kichik bandlarida ko‘rsatilgan Mijozning Shaxsiy
hisobi balansidan yechib olish hisoblanmaydi.
Dostları ilə paylaş: |