admin, 800-804 BOSHLANG`ICH TA`LIMDA MASOFAVIY TA`LIMNI TASHKIL ETISHNING AHAMIYATI
RESPUBLIKA KONFERENSIYASI | 25.06.2022 “BILIG – ILMIY FAOLIYAT” nashri http://bilig.academiascience.or 803 Boshlang`ich ta`lim matematika o`qitish jarayonida ushbu muammoni ijobiy
hal etish uchun aynan o`qitishning masofaviy ta`lim shaklidan foydalanish maqsadga
muvofiqdir. Izchillik bilan mulohaza yuritar ekanmiz boshlang`ich matematika
o`qitish jarayonida uzluksizlik ham nazariy ham amaliy jihatdan muhim ahamiyatga
egadir, chunki boshlang`ich sinfda ijodiy tafakkur o`zining samaradorligi, dolzarbligi
va universalligi bilan boshqa fikr yuritish jarayonlaridan farq qiladi.
Bizga ma`lumki matematika fani doimiy izlanishni, uzluksizlikni, ijodiy
tafakkur qilishni talab qiladi. Tatil paytida ham o`quvchilarning bilim o`zlashtirish
bilan shug`ullanishlari uchun boshlang`ich matematika o`qitish jarayoniga oid bazi
tavsiyalarni ta`kidlab o`tish mumkin.
4-sinf matematika darsligida mavzulashtirilgan masalalar ko`pchilikni tashkil
qiladi. Darslikdagi masalalarga nisbatan qo`shimcha topshiriqlar tizmini ishlab
chiqish va ta`til paytida masofaviy ta`lim orqali o`quvchilarga tavsiya etish mumkin
va bu ijobiy natijalar beradi.
“Pozitsion va nopozitsion sanoq sistemalari” mavzusiga oid 4-masalani qarab
chiqaylik. (4-sinf “Matematika” darsligi. T-2020 “O`qituvchi” nashriyot matbaa
ijodiy uyi.)
4-masala . Bosmaxonada 318 nafar erkak va ulardan 42 nafar kam ayol
ishlaydi. Bosmaxonada hammasi bo`lib necha kishi ishlaydi?
Ushbu masalaning yechimi dars vaqtida batafsil ko`rib chiqiladi.
O`quvchilarning masalaga oid bilimlarini mustahkamlash, o`tilganlarni takrorlash
maqsadida masalaga bog`liq quyidagi topshiriqlarni masofaviy ta`lim orqali
qo`shimcha tarzda berish mumkin:
1)Ushbu masalaga teskari masala tuzing.
Namuna: Bosmaxonada jami 594 nafar kishi ishlaydi. Agar bosmaxonada 318
nafar erkak ishlasa necha nafar ayol ishlaydi?
2)Ikki savolli masala tuzing.
Namuna: Bosmaxonada 318 nafar erkak va ulardan 42 nafar kam ayol
ishlaydi. Bosmaxonada hammasi bo`lib necha kishi ishlaydi? Bosmaxonada erkaklar
ayollarga nisbatan necha nafar ko`p?
3)Qo`shimcha savolli masala tuzing.
Namuna: Bosmaxonada 318 nafar erkak va ulardan 42 nafar ko`p ayol
ishlaydi. Bosmaxonada hammasi bo`lib necha kishi ishlaydi? Bosmaxonada erkaklar
ayollarga nisbatan necha nafar ko`p?
“Birlar, minglar, millionlar sinfi” mavzusiga doir.
3-masala.Omborda 54 yashik olma va 36 yashik nok keltirildi. Ertalab
do`konlarga 45 yashik ho`l meva jo`natildi. Omborda necha yashik ho`l meva
qolgan?
1)Ushbu masalaga teskari masala tuzing.
Namuna: Omborda 54 yashik olma va 36 yashik nok keltirildi. Omborda 45
yashik ho`l meva qolgan bo`lsa, do`konlarga necha yashik ho`l meva jo`natilgan?.
2)Ikki savolli masala tuzing.