249
ta’sir qiladi. Past ehtimollikka ega yuqori natijali hodisalar doimiy monitoringni
talab etadi. O’rta darajali risklarga zudlik bilan chora ko’rish talab etilmasada,
himoyani dastlabki vaqtda o’rnatish talab etiladi.
Past darajali risklar
odatda e’tibor bermasa bo’ladigan yoki keyingi
baholashlarda e’tibor bersa bo’ladigan risklar toifasi bo’lib, ularni bartaraf etish
qisqa muddatda amalga oshirilishni talab qilmaydi yoki ortiqcha sarf xarajatni
keltirib chiqarmaydi.
Risk matrisasi
risklarni paydo bo’lish ehtimolini ularning natijasi va ta’siri
orqali aniqlaydi hamda risk jiddiyligini va unga qarshi himoya chorasi sathini grafik
taqdim etadi. Risk matrisasi riskning ortib boruvchi ko’rinishi uchun
foydalaniluvchi sodda jarayon bo’lib, qarshi choralarni ko’rishda yordam beradi.
Risk matrisasi risklarni turli darajalarda aniqlash va jiddiylik nuqtai nazaridan
guruhlash imkonini beradi. Bundan tashqari, har bir tashkilot tomonidan amalga
oshiriladigan risklarni o’lchash usullari ham mavjud (93-rasm).
Dostları ilə paylaş: