2.
Dinning tuzilishi va funksiyalari
Birinchi qarashga kо‘ra dinning paydo bо‘lishi bevosita insoniyatning yaralishi
bilan bog‘liq. Xudo ilk insonlarni yaratishi bilan ularga О‘zini tanitdi, natijada
inson ilk dinga e’tiqod qila boshladi. Bunday qarash fanda “teologik
yondashuv” deb nomlanadi. Bugun mavjud bо‘lgan har qanday din о‘zining
tarixini insoniyat yaralishi – ilk inson bilan bog‘lashini kо‘rishimiz mumkin.
Jumladan, islom dinida – Odam va Havvo, yahudiylik va xristianlikda – Adam
va Yeva, zardushtiylikda – Govmard, sintoizmda – imperator Mikado va
boshqalar. Mazkur ta’limotlar dinlarning muqaddas manbalarida bayon
qilingan.
Teologik yondashuvga kо‘ra, turli buyumlarga sig‘inish va kо‘pxudolik,
jumladan animizm, totemizm, fetishizm va shomonlik yakkaxudolilikdan keyin
yuzaga kelgan. “Teologiya” atamasi (“deus” – Xudo, “logos” – ta’limot)
qadimgi
Yunonistonda paydo bо‘lgan va dastlab hech qanday falsafiy yukka ega
bо‘lmagan. “Teologiya” sо‘zi ilohlar tо‘g‘risidagi dostonlarda qо‘llanilgan,
bunday asarlarning mualliflarini esa teologlar deb atashgan. Arastu “teologiya”
atamasidan falsafaning muayyan qismini belgilash uchun foydalanib, mazkur
atamani sharhlashda burilish yasadi. U nazariy falsafani matematika, fizika va
teologiyaga ajratdi. Arastu ilohiyot ilmini “birinchi falsafa”, oliy mushohada
fani
yoki “oliy falsafa” deb nomladi. U ilohiyot ilmini borliq, uning ibtidosi va
mavjudligi sabablari tо‘g‘risidagi fan sifatida belgilab berdi.
Dinlarning kelib chiqishi haqidagi ikkinchi qarash fanda “materialistik
yondashuv” deb nomlanadi. Mazkur qarashlarning paydo bо‘lishi antik davrga
borib taqalib, ilk bor qadimgi yunon faylasuflari qarashlarida aks etgan. XVII
asrga kelib Yevropada cherkov hokimiyatining susaya boshlashi, hurfikrlilik
namoyandalari - din tanqidchilarining paydo bо‘lishi, XIX asrning ikkinchi
yarmida Charlz Darvin tomonidan “Turlarning kelib chiqishi” (1859) nomli
asarning chop etilishi ham turtki bо‘ldi. Keyinchalik mazkur qarashlar Avgust
Komt va Lyudvig Buxnerlar tomonidan eng chо‘qqisiga kо‘tarildi. Unga kо‘ra
din bu ijtimoiy hodisa, inson tafakkuri, emotsiyalari mahsulidir. Mazkur qarash
tarafdorlari fikricha, dinlar soddadan – murakkabga, umumiylikdan –
xususiylikka, kо‘pxudolikdan – yakkaxudolikka tomon uzoq tarixiy evolyusion
jarayonni bosib о‘tgan. Unga kо‘ra, ilk davrdagi ibtidoiy odamning jismoniy,
fiziologik, asab-endokrin, biologik, psixologik va boshqa sohalari о‘ziga xos
xususiyatlarga ega edi. Bu nafaqat uning hayoti va faoliyatiga, fe’l-atvoriga,
balki uning fikrlash darajasiga, kuchli hayajonlanishiga, tasavvur etishiga,
mustahkam, haqiqiy yoki soxta mantiqiy qonuniyatlarni kashf etishiga ta’sir
kо‘rsatadi. Uyqu, tush va nafas olish kabi holatlarda tanani boshqaruvchi va
о‘lim bilan undan ajratib turuvchi, hayot bag‘ishlovchi qandaydir kuch
mavjudligiga ishongan ajdodlarimiz, mazkur kuch harakat qiluvchi har bir
narsa: daryo, quyosh, oy, daraxt kabi mavjudotlarda bor deb tasavvur qilganlar.
Natijada, inson qо‘rquvi, hurmati, ehtiyoji va zarurati darajasida ularga sig‘ina
boshlagan.
Materialistik maktab tarafdorlari fikriga kо‘ra, qо‘rquv dinlarning kelib
chiqishida asosiy rol о‘ynagan hissiy holatdir. Jumladan, ingliz faylasufi
Xerbert Spenser (1820-1903) ham ibtidoiy qabila dinlarining kelib chiqishiga
qо‘rquv natijasida “ajdodlarga sig‘inish” sabab bо‘lganligini ta’kidlaydi.
Spenser ijtimoiy hisob-kitoblarga suyangan holda, hayot qо‘rquvining
dinlardagi о‘rniga alohida diqqatni tortadi. Bu qо‘rquvning ajdodlarga nisbatan
ibodatning barcha kо‘rinishlari shakllantirganligini va tangrilarning ustun yoki
qahramon bо‘lgan ajdodlardan
tanlanganligi fikrini ilgari suradi; har bir dinda ajdodlarga alohida e’tibor
qaratilganligiga ishora qiladi.
Din tushunchasi о‘zbek tiliga arab tilidan kirib kelgan bо‘lib, ishonch, inonmoq
ma’nosini bildiradi. Bizning fikrimizcha, din real voqelikdagi, ijtimoiy
hayotdagi narsa va hodisalarni tabiatdan, jamiyatdan tashqarida mavjud deb
hisoblaydigan, ularni о‘ziga xos tarzda aks ettiradigan ma’naviy e’tiqod va
amalning bir turidir. E’tiqod sо‘zi ham arab tilidan kirib kelgan bо‘lib, chuqur,
mustahkam ishonch ma’nosini anglatadi- Demak, diniy e’tiqod deganda
mustahkam, chuqur ishonch, maslak, ishonish tushuniladi. Ilohiyot, ya’ni diniy
ta’limot nuqtai nazardan "din", "diniy e’tiqod" tushunchalari jamiyat, inson,
uning ongi hayotning ma’nosi, maqsadi va taqdiri uni bevosita qurshab olgan
moddiy olamdan tashqarida bо‘lgan, uni gо‘yo yaratgan, ayni zamonda
insonlarga birdan-bir "tо‘g‘ri", "haqiqiy", "odil" hayot yо‘llarini kо‘rsatadigan
va о‘rgatadigan ilohiy kuchga ishonch va ishonishni ifoda etadigan maslak,
qarashlar, ta’limotlar majmuidan iboratdir.
Muayyan iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va g‘oyaviy sabablarga kо‘ra diniy
dunyoqarashlar tо‘la hukmron bо‘lgan sharoitlarda qar qanday ilg‘or tabiiy,
ilmiy, jumladan, falsafiy qarashlar ham diniy qarashlarni, ularning mavjudlik
sabablarini, mohiyati masalalarini chetlab о‘ta olmagan; lekin ularning din
haqidagi qarashlari ruhoniy va ulamolarning rasmiy qarashlaridan jiddiy farq
qilgan. Biz bu vaziyatni Forobiy va Beruniyning dinga bо‘lgan munosabatlarida
kо‘rishimiz mumkin.
Forobiyning dinga munosabati asosan uning "Fozil shahar aholisi hakida kitob"
risolasida bayon qilingan. Uning fikricha, din ham falsafa kabi voqelikni
о‘rganishga qaratilgan, Bu falsafa moddiy olamni bilish, sabab, oqibat
bog‘lanishlarini aniqpash orqali о‘rganadi. Din esa voqelikka bu uslub bilan
emas, balki tasvir (obrazli), ramziy, majoziy, qiyosiy tasavvurlardan foydalanish
orqali e’tiqod qilishga chakirish yо‘li bilan yondashadi. Demak, din voqelikni,
sabab va oqibat bog‘lanishlarining moddiy asosini о‘rganmasdan izoxlashga
kirishadi. Ayni zamonda voqelikni falsafiy bilish, о‘z mohiyatiga kо‘ra, diniy
bilishdan ustuvordir.
Beruniyning dinga munosabati uning "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar"
va "Hindiston" asarlarida bayon qilingan. Uning fikricha, din ham bilim bо‘lib,
bunday bilim voqelikdagi narsa va hodisalarni dalillar orqali isbotlash bilan
о‘rganish mumkin bо‘lmagan joyda qо‘llaniladi. Diniy bilim isbotsiz e’tiqodga,
ilmiy bilim esa dalillashga, isbotlashga asoslanadi. Beruniyning о‘zi esa butkul
dalillarga asoslangan bilimlar bilan shug‘ullangan. U moddiy olam haqidagi
ilmiy masalalarni hal qilishda dinning ta’sirini cheklashga intilgan. Forobiy va
Beruniy dinga bunday yondashishlar orqali ilmiy bilimni din ta’siridan xalos
etishga g‘oyat о‘rinli harakat qilganlar. Ular dinga emas, unga singib qolgan
mutaassiblikka qarshi chiqqanlar.
Ilmiy bilimlarga asoslangan dunyoviy ishonchli, haqikiy ta’limot olamning
mavjudlik sabablari masalasida diniy qarashlar bilan kelishmasa-da, ammo
insonni, uning ijtimoiy faoliyati, ma’naviy va axloqiy qadriyatlarini о‘rganishda
minglab yillar mobaynida uning bag‘rida qо‘lga kiritilgan bilim, tajriba,
ularning hozirgi kundagi ijobiy ahamiyatini aslo rad qilmaydi. Dinlarning paydo
bо‘lishi, qaror topishi va qayta tiklanishining gnoseologik, ijtimoiy va
psixologik ildizlari mavjudsir. Uning ildizlari о‘zaro aloqadorlikda bо‘lib,
ijtimoiy taraqqiyotning turli bosqichlarida ularning egallagan о‘rni ham,
odamlarga ta’sir darajasi ham goh kuchayib, goh pasayib turadi; bu ildizlar
tufayli din tarqalib, qaror topib, amal qilib, goh avj olib, goh zaiflashib turadi.
Masalan, hozirgi davrda umumbashariy (global) muammolar, chunonchi oziq-
ovqat yetishmasligi, xom ashyo kamayib borayotganligi, energiya tanqisligi,
aholining tez kо‘payib borayotganligi, termo- yadro urushi xavfi
kuchayayotganligi, atrof-muhitning tobora ifloslanayotganligi, ekologik vaziyat,
ya’ni axloqiy buzilish (siyosiy, diniy ekstremizm, terrorchilik, korupsiya,
о‘g‘irlik, talonchilik, buzg‘unchilik va h. k., tobora kо‘proq taxdid, xavf- xatar
tug‘dirmokda.
Dostları ilə paylaş: |