bor, buning ustiga davlat qarzlarining 70% ni kafolatlaydi);
-
kichik korxonalar faoliyatini imtiyozli soliqqa tortishni keng tarqatish (masalan,
Fransiyada har yili 10000 ga yaqin korxonalar to'liq yoki qisman soliq to'lashdan
ozod qilinadilar).
Kichik biznesni qo'llab-quvvatlash sohasidagi ba’zi bir mamlakatlar
tajribasining qisqacha bayonini keltiramiz.
AQSH.
AQSH 1953-yildayoq butun mamlakat bo'yicha vakillaming keng
tarmog'iga ega kichikl biznes ishlari bo'yicha ma’muriyat tashkil qilingan edi,
unda 4 ming xodimlar xizmat qiladi. Bu tashkilot faoliyatining asosiy yo'nalishi
shaxsiy ishni ochish va olib borishda yordam berish, kichik biznesga kreditlar va
kafolatlangan qarzlar berishdan iborat.
O'sha yili iqtisodiyotning monopolistik sektorini davlat tomonidan tartibga
solishning huquqiy asoslarini tashkil qiluvchi kichik biznes to'g'risidagi qonun
qabul qilingan. 1986-yilda kichik korxonalarga yangi
texnologiyalar,
ilmiy-texnik
va
tajriba
konstruktorlik
tashkilotlarining
ishlanmalarini topshirish imkoniyatini ta’minlovchi qonun qabul qilingan.
Kichik korxonalarga kopchilik yarimhukumat tashkilotlari yordam
ko'rsatdilar: xizmatlar savdosi sohasidagi siyosat bo'yicha qo'mita, Prezident
xuzuridagi xususiy tadbirkorlik muammolari bo'yicha maxsus komissiya, sanoat
raqobatbardoshligi masalalari bo'yicha komissiya va boshqalar.
Ko'p sonli jamoatchilik tashkilotlari - savdo palatasi, sanoatchilaming
milliy assouiaijiyasi, savdo, qishloq xo'jaligidagi har xil assouiauiyalar, klublar,
guruhlar va hokazolar kichik biznesni qo'llab-quwatlashga yordam ko'rsatadilar.
AQSHda kichik korxonalar soliq imtiyozlaridan foydalanmaydi, ammo
subsidiyalar, dotatuiyalar, moliyaviy kafolatlar bilan qo'llab-quwatlanadilar.
Dostları ilə paylaş: