3-mavzu. Rivojlanish falsafasi Reja


Falsafa qonunlarining o‘zaro aloqadorligi



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/35
tarix13.12.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#174543
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   35
3-mavzu. Rivojlanish falsafasi Reja (1)

Falsafa qonunlarining o‘zaro aloqadorligi.
Dialektikaning asosiy qonunlari 
yagona rivojlanish jarayonining turli jihatlarini tavsiflab, alohida-alohida emas, 
balki uzviy dialektik birlikda amal qiladi. Masalan, miqdor o‘zgarishlarining sifat 
o‘zgarishlariga o‘tishi va buning aksi ziddiyatni ham, dialektik inkorni ham o‘z 
ichiga oladi. Qarama-qarshiliklar birligi va kurashi miqdor-sifat munosabatlarini va 
inkorni-inkorni o‘z ichiga oladi. Xuddi shuningdek inkor jarayonida yagonaning 
eski va yangiga ikkilanishi, ularning o‘rtasida qarama-qarshilik, shuningdek 
miqdor o‘zgarishlarining sifat o‘zgarishlariga o‘tishi yuz beradi. Boshqacha qilib 
aytganda, moddiy dunyoning yagonaligi qonunlar amal qilishining umumiyligini 
nazarda tutadi. Ammo shuni e’tiborga olish lozimki, dialektika qonunlari bir 
vaqtda amal qilganda, ularning har biri nisbatan mustaqil bo‘ladi, zero rivojlanish 
mohiyatining muayyan jihatini (manba, mexanizm, yo‘nalish) aks ettiradi, 
rivoshlanishning zaruriy sharti sifatida tavsiflanadi, o‘z mavjudligining avvalgi 
shakllarini inkor etmaydigan rivojlanish bo‘lishi mumkin emas. Inkor harakatida 
rivojlanishga monelik qiladigan narsalarning rad etilishi, yo‘q qilinishi yuz beradi. 
Umuman olganda inkor – ob’ektiv jarayon. Masalan, hozirgi zamon fani 
ma’lumotlariga ko‘ra, kengayib borayotgan plazmani yo‘q qilib tashlagan Katta 
portlashsiz biz yashayotgan Olam, uning galaktikalari, yulduzlari va sayyoralari 
ham, inson ham bo‘lmas edi. Ammo inkorni sof yo‘q bo‘lish sifatida talqin 
qilishdan ehtiyot bo‘lish lozimligini Gegel ham, boshqa faylasuflar ham qayd 
etadi. Bunday inkor «behuda», metafizik inkor deb e’tirof etiladi. U tabiatda ham, 
jamiyatda ham mavjud. Lekin oddiy yo‘q bo‘lish jamiyatni ortga uloqtirib 
tashlaydi, xolos. Vaholanki, tarix kultepasida jo‘yali bir narsa yuzaga kelishi 
mushkul.
Dialektik inkor rivojlanish omili hisoblanadi, chunki u bartaraf etishni o‘z ichiga 
oladi. Gegel fikricha, bartaraf etish «ikki xil ma’no kasb etadi: u asrash, saqlab 
qolishni va ayni vaqtda to‘xtatish, chek qo‘yishni anglatadi»
4
. Gegel talqinida 
inkor rivojlanish omili sifatida yashash qobiliyatini yo‘qotgan narsani yo‘q qilish 
va erishilgan rivojlanishni saqlashni nazarda tutadi. Masalan, A.Eynshteyn yangi 
va eski nazariyalarning o‘zaro nisbatini shunday tavsiflaydi: «Yangi nazariya... 
eski nazariya yutuqlarini chetga chiqarib tashlaydi, deb hisoblash to‘g‘ri 
bo‘lmaydi. Yangi nazariya eski nazariyaning afzalliklarini ham, kamchiliklarini 
ham namoyon etadi va bizga eski tushunchalarga teranroq nuqtai nazardan baho 
berish uchun imkoniyat yaratadi... Biz eski nazariya o‘rinli bo‘lgan sohada faktlar 
o‘rganilayotganda har safar undan foydalanishimiz mumkin»
5
. Ammo har qanday 
hodisa yaxlit bo‘lgani bois, bartaraf etish haqidagi masalaning qo‘yilishi abstrakt 
xususiyat kasb etadi. XIX asr falsafiy ta’limotlarida bartaraf etishning tabiat va 
tarixdagi ko‘rinishlarini erishilgan rivojlanishni o‘zgartirilgan holda saqlash 
sifatida yoritib, bu tushunchani to‘ldiradi. Yangilik va eskilikning ichki 
ziddiyatlariga chek qo‘yish sifatidagi o‘z-o‘zini inkor dialektik inkorning muhim 
xususiyati bo‘lib, bu rivojlanishning hujumkorligini belgilaydi. Bu qonun 
dialektikaning boshqa qonunlarini umumlashtiradi, ularni sintez qiladi.
4
Гегель Г.В. Соч. Т. 5. – М.: 1997. – С.99. 
5
Эйнштейн А., Инфельд Л. Эволюция физики. – М.: 1956. – С.156. 



Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin