“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali
2181-4325
|
https://ilmfanvatalim.uz/
|
№ 6
~ 189 ~
bog’laydilar, fikrlashadilar”, - degan edi Nosirjon Uluqov va bu qarash to’laligicha
neyrolingvistikaga mos keladi.
4.
Psixologiya(Psixolingvistika).
Psixologiya ham tibbiyotga yordamchi fan
sifatida insonning ruhiy holatini, insonning ongini, undagi ba’zi bir o’zgarishlarni va
h.k.ni o’rganish vazifasini o’z oldiga qo’yadi.
Psixolingvistika – nutqning hosil bo’lishi,
shuningdek, nutqni idrok etish va
shakllantirish jarayonlarini, ularning til tizimi bilan o’zaro bog’lanishi
holatida
o’rganuvchi fan. Uning asosiy vazifasi inson nutqiy faoliyati modelini va
psixofiziologik nutqiy shakllanishini ishlab chiqadi, ularni psixologik eksperimentlar
yo’li bilan tekshiradi. Bu soha tadqiqot manbayi bo’yicha tilshunoslikka yaqin tursa,
o’z tekshirish usullari bo’yicha psixologiyaga yaqin turadi. Yuqorida eslab
o’tganimizdek, eksperimental usullarning bog’lanishli, semantik-defferinsial
va shu
kabi turlaridan foydalanish mumkin.
“Tilshunoslik ruhshunoslik bilan ham uzviy bog’liqdir. Ruhshunoslik inson ruhiy
(psixik) jarayonlarning qonuniyatlarini o’rganadi. Insonning ruhiyati tilda, nutqda o’z
ifodasini topadi. Til va ruh o’rtasidagi masalalar psixolingvistikada o’rganiladi.
Demak, psixolingvistika psixologiya bilan tilshunoslikning sintezi sifatida yuzaga
kelgan bo’lib, nutqni qabul etish, tilni egallash kabi masalalarni o’rganadi” (Nosirjon
Uluqov).
5.
Kimyo.
Tilshunoslik fanining taraqqiy topishida kimyo fanining o’rni boshqa
fanlarga, sohalarga qaraganda ancha salmoqlidir. Tilshunoslikda til birliklarining
muayyan tuzilishga ega ekanligi, eng kichik birlik bo’lgan fonemaning ham bo’linish
xususiyatiga ega ekanligi, butun tarkibidagi qismlarning o’zaro munosabati va butun
bilan butunning ham katta bir butunlik tarkibida o’zaro munosabatda bo’lishi kimyo
fanidan tilshunoslikda olingan nusxa deyish mumkin.
Undan tashqari, kimyo fanida
molekula va atomlarning to’xtovsiz harakatda bo’lishi tilshunoslikda sinxroniya va
diaxroniya nazariyasining vujudga kelishiga turtki bo’ldi. Eng asosiy yutuq esa kimyo
fanidan valentlik tushunchasining tilshunoslik faniga andoza sifatida ko’chishi bo’ldi.
Xulosa o’rnida aytadigan bo’lsak, tilshunoslik ko’plab fanlar bilan yondosh fan
hisoblanadi va bu bilan tilshunoslik boshqa fanlarning rivojlanishiga o’z ko’magini
bergani kabi o’zining rivojlanishi uchun ham boshqa fanlardan ko’mak qabul qiladi.
Jumladan, tibbiyot sohasiga oid fanlar ham tilshunoslik
bilan xuddi mana shunaqa
aloqani o’rnatgan.
Dostları ilə paylaş: