Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan


AGRESSOR — 1) bostirib kiruvchi tomon; 2) jangovar siyosat olib boruvchi,  agressiya harakatlarini qo‗llovchi davlat



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   462
LUG\'AT

AGRESSOR
— 1) bostirib kiruvchi tomon; 2) jangovar siyosat olib boruvchi, 
agressiya harakatlarini qo‗llovchi davlat.
 


11 
AHD 
(arab.) — 1) qat‘iy so‗z, qaror, va‘da; 2) kelishuvchi tomonlar o‗rtasida biror 
masalada tuzilgan shartnoma, bitim. Mas., tinchlik ahdi. 
AKADEMIYA 
(yun. 
akademos
– afsonaviy qahramon Akadem nomidan) — 
ko‗pgina ilmiy muassasa, jamoat tashkilotlari, o‗quv yurtlarining nomi. Mil. av. IV a.da 
Platon (Aflotun) asos solgan yunon falsafiy maktabi (q. Platon akademiyasi), Afina 
yaqinidagi joy ham uning nomi bilan atalgan. Sharq mamlakatlarida A. tarzidagi 
muassasa va jamiyatlar VIII-IX a.larda tarkib topa boshlagan. Xususan, arab xalifaligida 
Horun ar-Rashid hukmronligi davri (786-809) da «Bayt ul-hikmat» («Hikmat xonasi»)ga 
asos solinib, xalifa Ma‘mun hukmronligi davri (813-833)da «Bayt ul-hikmat»ning 
faoliyati yanada rivoj topgan, uning rasadxonasi va katta kutubxonasi bo‗lgan (buyuk 
matematik Muso Xorazmiy va astronom Ahmad Farg‗oniy shu yerda ishlagan). Mashhur 
olim va shoir Ibn Xamdon (935-yil vafot etgan) Mosul shahrida kutubxonali «Dor ul-
ilm» («Ilm uyi») ochgan va bu joy ilmga intilganlarning kirishi uchun bemalol bo‗lgan. 
Bunday A.lar Bag‗dodda, shun. Misrda ham ochilgan. 1010-yilda Urganchda Mamun 
akademiyasiga asos solingan. Abu Rayhon Beruniy shu A.ning rahbari bo‗lgan (bu A. 
doirasida Abu Ali ibn Sino, faylasuf Abu Saxl Masihiy, tabib Abulhasan Hammor va b. 
ish olib borishgan). Amir Temur tomonidan Samarqandda to‗plangan olim, yozuvchi va 
me‘morlar XV a. fani va madaniyati taraqqiyotiga munosib hissa qo‗shganlar. Ulug‗bek 
madrasasi va rasadxonasi ham o‗z davrining A. sidir (q. Ulug‗bek akademiyasi); bu A. 
Qozizoda Rumiy, G‗iyosiddin Jamshid al-Koshiy, Ali Qushchi va b. buyuk matematik 
hamda astronomlarni birlashtirgan. XV a.ning 2-yarmida ilmiy va madaniy markazga 
aylangan Hirotda, Navoiy atrofida olim, yozuvchi, rassom, sozanda va b.dan tarkib 
topgan o‗ziga xos ilmiy va badiiy jamiyat yuzaga kelgan. Hirot miniatyura maktabinn 
o‗rta a. Sharqida davlat tomonidan ta‘sis etilgan birinchi badiiy A. deb hisoblash mumkin 
(Behzod shu A.ning eng yirik vakilidir). XV-XVI a.larda Yevropada (Italiyada) turli 
ilmiy jamiyatlar A. deb atala boshlagan; ularning faoliyati asosan ijtimoiy fanlar 
yo‗nalishida bo‗lgan. XVII a.da bir qancha ilmiy jamiyatlar - A.lar tuzilib, ular asosan 
tabiatshunoslik masalalari bilan shug‗ullangan. XVII a.ning 2-yarmidan davlat 
hokimiyati yordami bilan bir qancha mamlakatlarda milliy ilmiy markaz sifatidagi A.lar 
tuzildi; mas., Londondagi Qirollik jamiyati (1660), Parij FA (1666), Berlindagi Prussiya 
FA (1700), Peterburg FA (1724). Hozirgi vaqtda kompleks turdagi FA yoki ularga 
o‗xshash muassasalar ko‗p mamlakatlarda bor; bu mamlakatlarning ko‗plarida fan yoki 
madaniyatning biror tarmog‗ini qamragan soha A.lari ham mavjud. O‗zbekiston 
Respublikasi Fanlar akademiyasiga 1943-yil 4-noyabrda asos solingan, u mamlakatning 
oliy ilmiy tashkiloti hisoblanadi, ilm-fan soxalari bo‘yicha ko‘plab markazlari faoliyat 
yuritmoqda. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin