Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   462
LUG\'AT

«ARAB BAHORI» VOQEALARI 
— 2010-yil oxirida Shimoliy Afrika va Yaqin 
Sharqda boshlangan qator e‘tirozlarga berilgan umumiy nom. 12 ta arab mamlakatlari: 
Tunis, Misr, Yaman, Jazoir, Iordaniya, Mavritaniya, Saudiya Arabistoni, Ummon, Sudan, 
Siriya, Liviya hamda Marokashni qamrab olgan. E‘tirozlar inqilob sifatida baholanib 
kelingan. Maqsadi tuzum o‗zgarishi, inson huquqlari, demokratiyani tiklash. Belgilari 
namoyishlar, tartibsizliklar, fuqarolar itoatsizligi, o‗zini yoqish va ish tashlashlar 
hisoblanadi. E‘tirozlar 2010-yil 18-dekabrida Tunisda, Muhammad Buazizining politsiya 
poraxo‗rligi va qattiqqo‗lligiga achchiq qilib o‗zini yoqib yuborishidan boshlanib ketdi. 
Tunis to‗ntarilishi muvaffaqiyati va mintaqadagi o‗xshash vaziyatlar tufayli, namoyishlar 
to‗lqini qo‗shni mamlakatlarga o‗tdi, jum., e‘tirozlar Jazoir, Iordaniya, Misr va Yamanda 
davom etdi, nisbatan kichik miqyosda boshqa arab mamlakatlari ham voqealar silsilasiga 
tushdi. Ko‗pgina vaziyatlarda e‘tirozli kunlar «jahl kunlari» deb ataldi. E‘tirozlar 
natijasida birinchi bo‗lib o‗zgargan hukumat Tunisniki bo‗ldi: sobiq Prezident Zayn al-
Abidin ibn Ali Saudiya Arabistoniga qochdi. Keyingi katta e‘tirozlar Misrda 2011-yil 25-
yanvarida boshlandi. To‗rt kunlik namoyishlardan so‗ng Prezident Husni Muborak 
islohotlar o‗tkazishga va‘da berdi, biroq lavozimidan kechish niyatini bildirmadi. Bundan 
keyin davom etgan namoyishlardan so‗ng Muborak 30 yillik mansabini boshqa 
egallamasligini, sentabrda bo‗lib o‗tadigan saylovlardan so‗ng iste‘foga chiqishini e‘lon 
qildi. Bu paytda Iordaniya qiroli Abdulla II bosh vazirni almashtirdi, Yaman Prezident 
Ali Abdulloh Solih esa keyingi saylovlarda nomzodini qo‗ymaslikka va‘da berdi. 2013-
yil ma‘lumotlariga ko‗ra, ushbu voqealarda 500 dan ziyod o‗limlar, 4 mingdan ziyod 
jarohatlar va mingdan ziyod hibsga olishlar ro‗y berdi. E‘tirozlar butun jahon e‘tiborini 
o‗ziga qaratdi. Namoyishchilarni 2011-yilgi tinchlik uchun Nobel mukofoti bilan 
taqdirlash takliflari o‗rtaga tashlandi. Shunday qilib, arab mamlakatlarida tashqi kuchlar 
xalqni davlatga qarshi qayrab, davlat tomonidan amalga oshirilayotgan siyosat mutlaqo 
noto‗g‗ri ekanligini oddiy aholi ongiga singdirgan hamda turli namoyishlar, qo‗zg‗alonlar 
o‗tkazilishini ta‘minlashga erishgan. Oqibatda xalq va hukumat o‗rtasida kelishmovchilik 
kelib chiqqan va ichki urushlar boshlangan.

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin