Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   462
LUG\'AT

AYIRMACHI-MUXOLIF YETAKCHI
— muxolif–yetakchilarning hokimiyat 
munosabatiga ko‗ra ikki turidan biri. Ayirmachining yagona maqsadi hokimiyat. Unga 
har qanday vositalar bilan erishishga intiladi. Shuning uchun u mavjud hokimiyatning 
murosasiz dushmani, uni qanday bo‗lmasin ag‗darib: tashlashga intiladi. Hokimiyat 


34 
tepasiga bunday siyosiy yetakchining kelishi mamlakat rivojini tubdan o‗zgartirishga, 
nobarqarorlikka olib keladi. 


35 

«BAYROQDOR» YETAKCHI
— zamonaviy siyosat nazariyasida yetakchining 
to‗rt yig‗ma obrazlaridan biri. Bayroqdorni voqe'likni shaxsiy idrok etish ommani jalb 
etishga qodir bo‗lgan g‗oyalar, ideallar ajratib turadi. Bunday turga Jaloliddin 
Manguberdi, Zaxiriddin Muhammad Boburlarni kiritish mumkin. Real hayotda bu 
obrazdagi yetakchi alohida holda uchramasdan, siyosat arboblarida aralashgan holda 
uchraydi. 
BABUVIZM
(fr. 
babouvisme


barcha insonlarning ijtimoiy tengligini olg‗a 
suruvchi siyosiy bilim, ijtimoiy utopik g‗oya. B. XVIII a.ning oxirida Fransiyada tashkil 
topgan. U fransuz inqilobchisi Grakxa Babyofa nomi bilan bog‗liq.
BAKTERIOLOGIK (BIOLOGIK) VA TOKSIN QUROLLARI ISHLAB 
CHIQARISHNI, ZAXIRALARINI TO„PLASHNI TAQIQLASH VA ULARNI 
YO„Q QILISH HAQIDAGI KONVENSIYA 
— Mazkur konvensiya 10.04.1972-yilda 
imzolash uchun ochilgan va 26.03.1975-yildan kuchga kirgan. Hozirda 140 dan ortiq 
davlat uning ishtirokchilari hisoblanadi. Konvensiyaning depozitar davlatlari AQSH va 
Buyuk Britaniya hisoblanishadi. Konvensiyaning faoliyat muddati chegaralanmagan. 
Konvensiyaning ishtirokchilari: 1) mikrobiologik yoki boshqa biologik agentlarning yoki 
toksinlarning profilaktika, himoya yoki boshqa tinchlik maqsadlarida ishlatishga 
mo‗ljallanmagan turlari va miqdorlarini; 2) dushmanlik maqsadlarida yoki harbiy 
to‗qnashuvlarda shunday agentlar va toksinlarni ishlatish uchun mo‗ljallangan qurilmalar 
va etkazib berish vositalarini ishlab chiqarmaslik, to‗plamaslik, har qanday yo‗l bilan 
topmaslik, saqlamaslik; 3) Konvensiya kuchga kirgach 9 oy ichida o‗zlari ega bo‗lgan 
yoki o‗zlarining nazoratlari ostida bo‗lgan barcha agentlar, toksinlar, qurollar, qurilmalar 
va ularni etkazib berish vositalarini yo‗q qilish, yoki tinchlik maqsadlari yo‗lida ishlatib 
yuborish; 4) o‗zga davlatlarga taqiqlangan agentlar, toksinlar, qurollar, qurilmalar va 
ularni etkazib berish vositalarini bermaslik, ularni topishlariga ham yordam bermaslik, 
undamaslik majburiyatini oldilar. Konvensiya insonlarni yo‗q qiluvchi ommaviy qirg‗in 
qurollarining barcha xavfli turlarini yaratish bo‗yicha keyingi ishlarni taqiqlagan muhim 
xalqaro hujjatdir. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin