Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   462
LUG\'AT

BAYNALMILALCHILIK
(arab, «
baynalmilal
» – millatlararo) — jahondagi turli 
millat va irqlarga mansub kishilarning xalqaro birdamligi; ularning bir-birlarini 
tushunishlari va o‗zaro ishonchining, madaniyatlar, qadriyatlar, bilim va texnologiyalar 


37 
o‗zaro singib borishining asosi; millatchilikning aks tushunchasi. Insoniyat tarixi turli 
millatlar va elatlar orasida iqtisodiy, siyosiy va madaniy-ma'naviy aloqalar o‗rnatilib, 
ularning tobora mustahkamlanib borishi jarayonidir, mazkur munosabatlarsiz esa ijtimoiy 
taraqqiyot amalga oshmaydi. 
BAYONOT
— xalqaro huquqda bir yoki bir necha davlatning siyosiy partiyasi yoki 
partiyalari, hukumati yoxud hukumatlarining bir yoki bir necha davlatlarga oid muhim 
masalalar yuzasidan o‗z rasmiy fikrlari, qarashlari hamda maqsadlarini, ma'lum hatti-
harakatlarni qo‗llab-quvvatlashlari yoki aksincha, qoralashlarini, ularga e'tiroz 
bildirishlarini ifodalaydigan hujjat. 
BAYROQ
— 1) tayoq, sim va b. narsalarga mahkamlangan muayyan rang va 
o‗lchamdagi mato. O‗rta a.larda turkiy xalqlar orasida u tug‗a deb atalgan. O‗rta a.larda 
G‗arbiy Yevropa shaharlarida tabaqa, uyushma va korxona o‗z B.iga ega bo‗lgan; 2) 
davlatning rasmiy ramzi. 
BBC 
(ing. 
British Broadcastin Corparation
) — Britaniya radioeshtirish 
kompaniyasining qisqartirilgan nomi. 1927-yil tashkil topgan. Hozirgi kunda 60 dan 
ziyod tilda eshtirishlarni olib boradi. 
BEGONALASHUV SIYOSIY
— siyosiy subyekt va uning biror funksiyasi 
o‗rtasidagi bog‗liqlikning, birlikning yo‗qolishi natijasida hosil bo‗ladigan munosabat. 
Begonalashuv subyektga salbiy ta'sir etadi, begonalashgan funksiya buzilishi, salbiy 
tomonga o‗zgarishiga olib keladi. 
BENELYUKS 
— Yevropadagi uchta davlat – Belgiya, Niderlandiya, Lyuksenburg 
boj iqtisodiy ittifoqining qisqartirilgan nomi. Ittifoq yagona bozor aylanmasi,ishchi 
kuchi, tovar, kapital, xizmat ko‗rsatishni uch davlatda erkin ko‗chib yurishini, iqtisodiy, 
moliyaviy, siyosiy faoliyatni uyg‗unlashtirib turishni, tashqi siyosiy munosabatlarda bir 
butun bo‗lib chiqishni nazarda tutadi. Qarorgohi Bryusel shahrida. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin