3-mavzu plazma plazma (yun plasma — shakllangan) — toʻliq yoki kisman ionlashgan va har bir elementar hajmdagi elektron va ionlarning yigʻindi zaryadi nolga teng boʻlgan gaz



Yüklə 12,85 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix13.12.2023
ölçüsü12,85 Kb.
#174810
3 - Mavzu



3-MAVZU
PLAZMA
Plazma (yun. plasma — shakllangan) — toʻliq yoki kisman ionlashgan va har bir 
elementar hajmdagi elektron va ionlarning yigʻindi zaryadi nolga teng boʻlgan gaz.
Suyuqlikning gaz holatiga oʻtishi bugʻlanish, qattiq jismning gaz holatigaoʻtishi 
sublimatsiya deb ataladi. Har qanday jism kuchli qizdirish natijasida gaz holatiga 
oʻtadi. Agar temperatura yanada oshirilsa, issiqlik energiyasi taʼsirida 
molekulalarning ionlarga ajralish jarayoni boshlanadi. Gazning ionlanishi turli 
vositalar yordamida, mas, yoritish, elektronlar yoki boshqa zarralar bilan 
bombardimon qilish natijasida ham sodir boʻlishi mumkin. P. hajm birligidagi 
ionlashgan atomlar sonining shu hajm birligidagi barcha atomlar soniga nisbati 
P.ning ionlanish darajasi a deyiladi. a ning qiymatiga qarab zaif, kuchli va toʻla 
ionlashgan P. boʻladi. Kosmos va Yer sharoitlarida, hozirgi zamon texnikasida P. 
holatidagi modda gʻoyat katta rol oʻynaydi. Gazlardan tok oʻtish hodisalari, yaʼni 
gazlardagi razryadlar, yashin, uchqun, elektr yoyi kabi hodisalar P. bilan bogʻliq. 
Yer atmosferasining yuqori qatlami Quyosh va boshqa kosmik omillar taʼsirida 
zaif ionlashgan P. boʻlib, ular quyosh shamoli kurinishida Yer magnitosferasi va 
ionosferasini tashkil qiladi. Quyosh va yuqori temperaturali yulduzlar toʻla 
ionlashgan P.dan iborat. P. zichligi (1 sm dagi elektron yoki ionlar soni) quyidagi 
qiymatlarga ega boʻladi: galaktik fazoda p ~ 10, quyosh shamolida p ~ 10, qattiq 
jismlarda p - 1O22. "P." terminini fanga birinchi boʻlib amerikalik olimlar 
I.Lengmyur va L.Tonks kiritgan (1923).
Umumiy holda P.ni tashkil etuvchi elektronlar, ionlar va neytral atomlarning 
oʻrtacha kinetik energiyalari birbiridan farq qilishi mumkin. Bunday termodinamik 
muvozanatsiz holatdagi P.ga noizotermik P. deb ataladi. Mas, gaz razryadli P.da 
har bir elektronning oʻrtacha kinetik energiyasi ionnikiga qaraganda unlab 
marotaba katta boʻladi. P.ning muvozanatsiz holati razryad tokining energiyasi 
hisobiga saqlanib turishi mumkin. Maʼlumki, tashqi manba energiyasi asosan, 
elektronlar qabul qiladi. Elektron massasi ion yoki neytral zarra massasiga 
nisbatan bir necha ming marta kichik boʻlganligi sababli, toʻqnashuvlar natijasida 
elektronlar energiyasining juda oz qismigina boshqa zarralarga oʻtishi mumkin. 
Elektronlar energiyasining kamayishi tashqi manba energiyasi hisobiga toʻldirila 
boradi. Shunday qilib, elektronlar, ionlar va neytral zarralarning har qaysisi oʻziga 
xos oʻrtacha kinetik energiyaga, demak temperaturaga ega. Elektronlar 
temperaturasi Te, ionlar temperaturasi T: va neytral zarralar temperaturasi To 
orqali belgilanadi. Odatda Toga nisbatan T, kattaroq. Te esa ancha katta boʻladi.
P. ni harakterlovchi eng muhim fizik kattalik Debay radiusidir, uning mohiyatini 
quyidagicha tushuntirish mumkin. Agar P. tarkibidagi biror q zaryadli zarra 
vakuumda boʻlganida edi, uning oʻzidan g masofa uzoqlikdagi nuqtada hosil 
qilayetgan potensiali formula orqali aniqlanar edi. Plazmada esa kuzatilayotgan 
bu zaryadli zarra boshqa zaryadlangan zarralar bilan qurshab olingan. Zaryadlar 
orasida oʻzaro taʼsir kuchlari mavjudligi tufayli kuzatilayotgan zaryad atrofiga 
koʻproq unga teskari ishorali zarralar yigʻiladi va ular q zaryad maydo-nini 
kuchsizlantiradi. Hisoblashlarning koʻrsatishicha, P.dagi q zaryadning potensiali 
masofa ortishi bilan quyidagi qonuniyat boʻyicha oʻzgarib boradi: bundagi D 
kattalik temperaturaga, hajm birligidagi zarralar soniga, ularning zaryadiga 
bogʻliq. Jumladan, agar izo-termik P. faqat elektronlardan yoki bir xil zaryadli 
ionlardan iborat boʻlsa bu yerda elektronlar (yoki ionlar)ning hajm birligidagi soni 


i orqali va elektron zaryadi ye orqali belgilanadi. r " D boʻlganda, yaʼni D ga 
nisbatan katta masofalarda zaryadlarning elektr maydoni juda zaiflashadi. Bu 
hodisa zaryad maydonining ekranlanishi, ekranlanishini xarakterlovchi D kattalik 
esa ekranlanish radiusi yoki Debay radiusi deb yuritiladi. Mas, vodorod P.sida 
T=105A’ va ya=1016sm"3 ekan, Debay radiusi £>=1,5-10~5 sm. Radiusi D ga teng 
sfera ichidagi barcha zaryadli zarralarning soni Debay soni deyiladi. Debay soni 
katta boʻlgandagina P.ni gaz deb hisoblash mumkin. P.ning asosiy xususiyati 
shundan iboratki, undagi musbat va manfiy zaryadlar zichliklari deyarli bir-biriga 
tengdir. Bu xususiyat P.ning kvazineytralligi deyiladi. P. egallagan joyning 
chizigʻiy oʻlchami Debay radiusidan ancha katta holatdagina kvazineytrallik roʻy 
beradi.
Moddaning qattiq, suyuq yoki gaz qolatlarda boʻlishi uning agregat holatlari 
deyiladi. Yuqorida aytilganlardan ravshanki, P. xususiyatlari moddaning oddiy 
gaz holatidagi xususiyatlaridan koʻp jihatdan farq qiladi. Shuning uchun P.ni 
moddaning toʻrtinchi holati deb hisoblanadi. P. xususiyatlaridan foydalanish xrz. 
zamon texnikasi taraqqiyotida gʻoyat katta ahamiyatga ega.

Yüklə 12,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin