UMUMIY OʻRTA TAʼLIM OʻQUVCHIIGA ONA TILI FANIDAN
QOʻYILADIGAN TALABLAR
I SINF
NUTQIY KOMPETENSIYA
(ogʻzaki nutq, yozma nutq, anglash (oʻqish va tushunish, tinglab
tushunish)
Ogʻzaki nutq
OTOʻS.1.ON.1
suhbat jarayonida birinchi sinf darajasiga mos
mavzular yuzasidan
adabiy talaffuz qoidalariga rioya qilgan holda ravon soʻzlay oladi
OTOʻS.1.ON.2
kichiklar, tengdoshlari hamda kattalar bilan suhbat hamda
muhokama jarayonida muloqot odobiga (bir-birini
hurmat qilish,
soʻzga chiqishni istashini hurmat bilan soʻrash, mavzu yoki matn
yuzasidan navbat bilan gapirish)
rioya qiladi
OTOʻS.1.ON.3
suhbat yoki muhokama jarayonida boshqalarning fikriga munosabat
bildira oladi
OTOʻS.1.ON.4
suhbat yoki muhokama jarayonida maʼlumotni aniqlashtirish uchun
savollar bera oladi
OTOʻS.1.ON.5
sinf darajasiga mos sheʼrlarni yoddan, ifodali hamda ravon aytib bera
oladi
OTOʻS.1.ON.6
sinf darajasiga mos mavzu hamda holatlarda rasm, shaxs, narsa va
hodisalarni
tasvirlab bera oladi
OTOʻS.1.ON.7
sinf darajasiga mos matnlarni oʻqib / tinglab boʻlgach uning asosiy
mazmunini aytib bera oladi
OTOʻS.1.ON.8
sinf dasturidagi avvaldan berilgan
mavzu yuzasidan bilimlariga
tayangan holda kichik taqdimot oʻtkaza oladi.
Tinglab tushunish
OTOʻS.1.TT.1
birinchi sinf darajasiga mos matnlarda voqea-hodisa, shaxs, narsa
yoki joy haqidagi maʼlumotlar soʻzlovchi tomonidan ochiq
ifodalanganda savollarga javob bera oladi
OTOʻS.1.TT.2
dialog yoki suhbat jarayonida soʻzlovchining oʻzgarganini
anglay
oladi
OTOʻS.1.TT.3
soʻzlovchi nutqidagi ohangga tayanib soʻroq, darak, gaplarni farqlay
oladi;
OTOʻS.1.TT.4
sinf darajasiga mos badiiy yoki informativ matnni tinglagach uning
asosiy mazmuni, voqealar ketma-ketligini
aytib bera oladi
OTOʻS.1.TT.5
sinf darajasiga mos badiiy yoki informativ matnni tinglash jarayonida
voqea-
hodisa sodir boʻlayotgan makon hamda zamon haqida taxmin
qila oladi, taxminlarini asoslab bera oladi.