13
Talabaning “Falsafa” fani bo‘yicha semestr davomida to‘plagan umumiy baho har
bir nazorat turidan belgilangan qoidalarga muvofiq to‘plagan baholarini yig‘indisining
o‘rta arifmetiga teng.
Talabaning semestrda joriy va oraliq nazorat turlari bo‘yicha to‘plangan
baholaridan biri qoniqarsiz deb topilsa u yakuniy nazorat ishiga kiritilmaydi.
Akademik qarzdor talabalarga semestr tugaganidan keyin dekanat tomonidan
qayta o‘zlashtirish uchun bir oy muddat beriladi. SHu muddat davomida “Falsafa”
fanini o‘zlashtira olmagan talaba to‘g‘risida fakultet dekaniga ma’lumot beriladi.
Talaba baholash natijalaridan norozi bo‘lsa, u nazorat turi natijalari e’lon qilingan
vaqtdan boshlab bir kun mobaynida fakultet dekaniga ariza bilan murojaat etishi
mumkin. Bunday holda fakultet dekanining taqdimnomasiga ko‘ra rektor buyrug‘i
bilan 3 (uch) a’zodan kam bo‘lmagan tarkibda apellyasiya komissiyasi tashkil
etiladi.
Apellyasiya komissiyasi talabalarning arizalarini ko‘rib chiqib, shu kunning o‘zida
xulosasini bildiradi.
Baholashning o‘rnatilgan talablar asosida belgilangan muddatlarda o‘tkazilishi
hamda rasmiylashtirilishi kafedra mudiri tomonidan nazorat qilinadi.
“Falsafa” fanidan nazorat turlarini o‘tkazish muddati
Joriy nazorat o‘qituvchi tomonidan har ikki juftlik darsda baholanib boriladi.
Oraliq nazorat kalendar tematik rejaga muvofiq dekanat tomonidan tuzilgan reyting
nazorat grafiklari asosida o‘tkaziladi. Yakuniy nazorat semestrning oxirgi 2 haftasi
mobaynida dekanat tomonidan tuzilgan YaN grafigi asosida o‘tkaziladi.
Joriy va oraliq nazoratlarda saralash bahodan kam baho to‘plagan va uzrli
sabablarga ko‘ra nazoratlarda qatnasha olmagan talabaga qayta topshirish uchun,
navbatdagi shu nazorat turigacha, so‘nggi joriy va oraliq nazoratlar uchun yakuniy
nazoratgacha bo‘lgan muddatda topshirish uchun ruxsat beriladi va belgilangan
tartibda qabul qilinadi.
Kasalligi sababli darslarga qatnashmagan hamda belgilangan muddatlarda joriy,
oraliq va yakuniy nazoratlarni topshira olmagan talabalarga fakultet dekani farmoyishi
asosida, o‘qishni boshlaganidan so‘ng ikki hafta muddatda topshirishga ruxsat
beriladigan grafik asosida joriy, oraliq va yakuniy nazoratlari qabul qilinadi.
Fanga
oid nazariy va uslubiy tushunchalarni to‘la o‘zlashtirish, tahlil
Dostları ilə paylaş: