194
Dilnozaning onasi esa qiziga “Hamma bolalar ham bola,
faqat sen mening
tentagimsan”, “Qaragin, Dilfuza qanday aqlli qiz. U hamma ishni eplaydi, senda esa,
hech nima chiqmaydi”, kabi jumlalarni ishlatadi.
Keys bo’yicha savol va- vazifalar:
1. Ikkala ona ham o’z bolalariga yaxshilik istaydilar, lekin ularning qaysinisi
tarbiyada yaxshiroq natijaga ega bo’ladi?
2.
Bolalarning xulqini
“loyihalash”
yo’nalishi onalarning
shaxsiy
xususiyatlariga bog’liqmi?
Yechim.
Ikkala ona ham o’zlarining qizlarini boshqa bolalar bilan taqqoslaydilar,
lekin birinchi ona ijobiy taqqoslashlardan, ikkinchi ona esa salbiy taqqoslashlardan
foydalanadi.
SHu bilan birga, SHirin va Dilnozalarning xulqlarini “loyihalash”
turlichadir.
Agar ona, o’ziga ishongan inson bo’lsa, u holda, odatda, u o’zining bolasini
maqtaydi va uni boshqa bolalardan ijobiy tarzda ajratadi. Bu bolaning ijtimoiy mavqei
o’sishiga va o’zining tengqurlari bilan o’zaro munosabatidagi tizimda yaxshi o’rin
egallashiga imkon beradi.
Agar ona, o’ziga ishonmagan inson bo’lsa, o’zini
boshqa insonlarga nisbatan
nima bilandir yomonroq sezsa, u holda o’zining ishonchsizligini uzatgan holda, bolasiga
nisbatan ham shunday munosabatda bo’ladi. Bunday onaning bolasi past ijtimoiy
mavqega ega bo’ladi.
Umuman, bolalarning xulqini kecha, avval bo’lgan o’zining shaxsiy xulqi bilan
taqqoslash maqsadga muvofiq.
Dostları ilə paylaş: