Yarim o’tkazgich va yarim o’tkazgichli kontakt


Kompyuterlarni tashkil qilishning raqamli-mantiqiy asoslari



Yüklə 0,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/7
tarix13.12.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#175228
1   2   3   4   5   6   7
1.KOMPYUTERNI TASHKIL ETILISHI fani Ashirova Nilufar SLAYD

6.Kompyuterlarni tashkil qilishning raqamli-mantiqiy asoslari.
Hozirgi paytda amaliyotda mantiqiy sxemalarni qurishda alohida-alohida ventillarni birlashtirgan
modullardan iborat standart «qurilish» bloklaridan foydalaniladi. Ushbu qismda biz ana shunday standart
bloklarni, ularni alohida-alohida ventillar yordamida qanday hosil qilishni va qanday qo‘llanilishini ko‘rib
chiqamiz. Bunday qurilish bloklarining, ya’ni
asosiy raqamli mantiqiy sxemalarning
-
kombinator va
arifmetik sxemalar deb nomlanadigan xillari mavjud.
1.Kombinator sxemalar yoki kombinatsion sxemalar:
- multipleksorlar;
- dekoderlar;
- komparatorlar;
- dasturlanadigan mantiqiy matritsalar.
2.Arifmetik sxemalar:
- siljitish sxemalari;
- jamlagichlar;
- arifmetik-mantiqiy qurilmalar.


Asosiy mantiqiy sxemalar –
integral sxemalar
yoki
mikrosxemalar
degan umumiy
nom bilan ham ataladilar. Integral sxema o‘lchamlari tahminan 5x5 mm (2x2 mm) ega
kvadrat shaklidagi
kremniy bo‘lagidan
iborat bo‘ladi. Bunday bo‘laklarga kamida 1 
tadan 10 tagacha ventillar joylashtirilishi mumkin bo‘ladi va ular kichik integral 
sxemalar deb ataladi.
Kichik integral sxemalar odatda kengligi 5-15 mm, uzunligi esa 20-50 mm ga teng
bo‘lgan to‘g‘ri burchakli plastik yoki keramik korpuslarga joylashtirilgan bo‘ladi. 
Bunday mikrosxemalarning uzun tomonlarida, orasidagi masofa 2 mm (1 mm) ga
yaqin qilib ishlangan chiqish oyoqchalariga ega bo‘ladi. Ushbu oyoqchalar yordamida
integral sxema
raz’yomga yoki bosma plataga o‘rnatiladi. Har bir chiqish oyoqchalari qaysidir
ventilning kirishi yoki chiqishiga, ta’minot manbaiga yoki «erga» ulangan bo‘ladi. 
Tashqi qismida ikki qatorli chiqish oyoqchalariga ega bo‘lgan integral sxemalar
rasmiy tarzda chiqishlari
ikki qator qilib joylashtirilgan korpus (Dual Inline Package, 
DIP) 
yoki mikrosxema deb ataladi. Ko‘pincha korpuslar 14, 16, 18, 22, 24, 28, 40, 64 
yoki 68 ta chiqishlarga ega bo‘ladi.


Xulosa
Qisqacha tarzda zamonaviy kompyuterlarning tarixi, konfiguratsiyasi, qo’llanilishi haqida tanishib chiqdik. Shu
bilan birgalikda o’zimizga kerakli ma’lumotlar oldik deb o’ylayman.

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin