Axborot kommunikatsion texnologiyalar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/85
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175240
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   85
Axborot kommunikatsion texnologiyalar (1)

Axborot xavfsizligi 
deb, ma’lumotlarni yo‘qotish va o‘zgartirishga 
yo‘naltirilgan shu qatorda axborot foydalanuvchilari va egalariga juda katta zarar 
keltirishi mumkin bo‘lgan to‘satdan yoki oldindan ko‘zlangan tabiiy yoki sun’iy 
ta’sirlardan himoyalanganligi tushuniladi. 
Ilgarigi xavf faqatgina konfidentsial (maxfiy) xabarlar va hujjatlarni o‘g‘irlash 
yoki nusxa olishdan iborat bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi paytdagi xavf esa kompyuter 
ma’lumotlari to‘plami, elektron ma’lumotlar bazasi, elektron massivlardan 
ularning egasidan ruxsat so‘ramasdan foydalanishdir. Bulardan tashqari, bu 
xarakatlardan moddiy foyda olishga intilish ham rivojlandi. 
Axborotning himoyasi 
deb, boshqarish va ishlab chiqarish faoliyatining 
axborot xavfsizligini ta’minlovchi va tashkilot axborot zaxiralarining yaxlitliligi, 
ishonchliligi, 
foydalanish osonligi va 
maxfiyligini 
ta’minlovchi qa’tiy 
reglamentlangan dinamik texnologik jarayonga aytiladi. 
Axborotni muhofaza qilish
- bu axborot xavfsizligini ta’minlashga 
yo‘naltirilgan chora-tadbirlar kompleksi. 
Shu tariqa axborot xavfsizligi muammolariga metodologik nuqtai-nazardan to‘g‘ri 
yondoshish, axborot aloqa subyektlari va bu subyektlarning axborot tizimlarini 
qo‘llash bilan bog‘liq manfaatini aniqlab olishdan boshlanadi. 
Axborotning egasiga, foydalanuvchisiga va boshka shaxsga zarar etkazmokchi 
bo‘lgan nohuquqiy muomaladan, har qanday xujjatlashtirilgan ya’ni identifikatsiya 
qilish imkonini beruvchi rekvizitlari qo‘yilgan holda moddiy jismda qayd etilgan 
axborot himoyalanishi kerak. 
Axborot xavfsizligi nuqtai nazaridan axborotni quyidagicha turkumlash 
mumkin: 
• maxfiylik
– aniq bir axborotga fakat tegishli shaxslar doirasigina kirishi 
mumkinligi, ya’ni foydalanilishi qonuniy hujjatlarga muvofiq cheklab qo‘yilib, 
hujjatlashtirilganligi kafolati. Bu bandning buzilishi o‘g‘irlik yoki axborotni 
oshkor qilish, deyiladi; 



• konfidentsiallik
– ishonchliligi, tarqatilishi mumkin emasligi, maxfiyligi 
kafolati; 
• yaxlitlik
– axborot boshlang‘ich ko‘rinishda ekanligi, ya’ni uni saqlash va 
uzatishda ruxsat etilmagan o‘zgarishlar qilinmaganligi kafolati; bu bandning 
buzilishi axborotni soxtalashtirish deyiladi; 
• autentifikatsiya
– axborot zaxirasi egasi deb e’lon qilingan shaxs xaqiqatan 
ham axborotning egasi ekanligiga beriladigan kafolat; bu bandning buzilishi xabar 
muallifini soxtalashtirish deyiladi; 
• apellyatsiya qilishlik
– etarlicha murakkab kategoriya, lekin elektron 
biznesda keng qo‘llaniladi. Kerak bo‘lganda xabarning muallifi kimligini isbotlash 
mumkinligi kafolati. 
Yuqoridagidek, axborot tizimiga nisbatan quyidagicha tasnifni keltirish 
mumkin: 
• ishonchlilik
– tizim me’yoriy va g‘ayri tabiiy hollarda rejalashtirilganidek 
o‘zini tutishlik kafolati; 
• aniqlilik
– hamma buyruqlarni aniq va to‘liq bajarish kafolati;
• tizimga kirishni nazorat qilish
– turli shaxs guruhlari axborot manbalariga 
har xil kirishga egaligi va bunday kirishga cheklashlar doim bajarilishlik kafolati; 
• nazorat qilinishi
– istalgan paytda dastur majmuasining xoxlagan qismini 
to‘liq tekshirish mumkinligi kafolati; 
• identifikatsiyalashni nazorat qilish
– hozir tizimga ulangan mijoz aniq o‘zini 
kim deb atagan bo‘lsa, aniq o‘sha ekanligining kafolati; 
• qasddan buzilishlarga to‘sqinlik
– oldindan kelishilgan me’yorlar 
chegarasida qasddan xato kiritilgan ma’lumotlarga nisbatan tizimning oldindan 
kelishilgan holda o‘zini
tutishi. 
Axborotni himoyalashning maqsadlari quyidagilardan iborat:
- axborotning kelishuvsiz chiqib ketishi, o‘g‘irlanishi, yo‘qotilishi, 
o‘zgartirilishi, soxtalashtirilishlarning oldini olish; 
- shaxs, jamiyat, davlat xavfsizliligiga bo‘lgan xavf – xatarning oldini olish; 



- axborotni yo‘q qilish, o‘zgartirish, sohtalashtirish, nusxa ko‘chirish, 
to‘siqlash bo‘yicha ruxsat etilmagan
 
harakatlarning oldini olish; 
- hujjatlashtirilgan axborotning miqdori sifatida huquqiy tartibini 
ta’minlovchi, axborot zahirasi va axborot tizimiga har qanday noqonuniy 
aralashuvlar ko‘rinishlarining oldini olish; 
- axborot tizimida mavjud bo‘lgan shaxsiy ma’lumotlarning maxfiyligini va 
konfidentsialligini saqlovchi fuqarolarning konstitutsion huquqlarini himoyalash; 

davlat 
sirini, 
qonunchilikka 
mos 
hujjatlashtirilgan 
axborotning 
konfidentsialligini saqlash; 
- axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlovchi vositalarni yaratish, 
ishlab chiqish va qo‘llashda subyektlarning huquqlarini ta’minlash. 
Umuman olganda xavfsizlikning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat: 




Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin