65
hAYoTIY JARAYoNLARNING kIMYoVIY ASoSLARI
III Bo‘LIM
5. Biologiya, 9- sinf.
1) molekulaning bir uchida karboksil guruhlar (Cooh) joy-
lashgan; 2) karboksil guruh yonida aminogruppa (Nh
2
)
joylash-
gan. Barcha aminokislotalarda amino-karboksil guruh bir xil bo‘la-
di, ular bir-biridan faqat radikallarining tuzilishi bilangina farqla-
nadi. Shunday qilib aminokislotaning umumiy formulasini quyida-
gicha yozish mumkin:
R
|
h-C-Nh
2
|
Cooh
3) uchinchi tarkibiy qism
radikal
deyiladi va R harfi bilan bel
-
gilanadi.
oqsil molekulasi hosil bo‘lishida aminokislotalar o‘zaro pep-
tid bog‘ orqali birikadi. Bitta aminokislotaning karboksil guruhi
va qo‘shni aminokislotani aminoguruhidan
suv molekulasi ajra-
lib chiqadi va bo‘sh qolgan valentliklar hisobiga aminokislota
qoldiqlari bir-biri bilan birikadi. Aminokislotalar o‘rtasida peptid
bog‘ vujudga keladi. hosil bo‘lgan aminokislotalar birikmasi
pep-
tid
deb ataladi. Ikkita aminokislotadan hosil bo‘lgan peptid
dipep-
tid
, uchta aminokislotadan hosil bo‘lgani
tripeptid
, ko‘p aminokis-
lotalardan hosil bo‘lgani
polipeptid
deb ataladi.
Polipeptid tarkibi-
da aminokislotalar 50 tadan kam bo‘lsa,
polipeptid
deb ataladi.
Agar polipeptid tarkibida aminokislotalar soni 50 dan ortiq bo‘lsa
shartli ravishda
oqsillar
deb ataladi.
Aminokislotalarning umumiy xossalari — aminokislotalar
tarkibidagi amino va karbon guruhlariga
hamda ularning qanday
joylashganligiga bog‘liq. o‘simlik va ko‘pchilik mikroorganizmlar
aminokislotalarni o‘zlari oddiy birikmalardan (Co
2
, suv, ammiak)
sintezlay oladi. Yuqorida bayon etilganidek oqsil tarkibidagi ami-
nokislotalar 20 xil bo‘lib shundan 10 tasi almashtirib bo‘lmaydigan
10 tasi esa almashtirib bo‘ladigan aminokislotalar hisoblanadi.
Aminokislotalar organizmga faqat
ovqat tarkibidagina kira-
di. Bu aminokislotalar yetishmasligi odamlarda har xil kasalliklar-
http:eduportal.uz
66
HAYOTIY JARAYONLARNING KIMYOVIY ASOSLARI
III BO‘LIM
ga, hayvonlarda esa
mahsuldorlikning pasayishiga, o‘sish va
rivojlanish ning sekinlashishiga, oqsil biosintezining buzilishiga sa-
bab bo‘lishi mumkin. hozirgi vaqtda ko‘p almashtirib bo‘lmaydigan
aminokislotalar genetik injeneriya va biotexnologiya usullari bilan
olinmoqda.
1. oqsilning elementar tarkibi haqida ma’lumot bering.
2. Aminokislotalar qanday guruhlardan tashkil topgan?
3. Aminokislotalar o‘zaro qaysi bog‘ hisobiga birikadi?
4. Aminokislotalarning xossalari haqida ma’lumot bering.
1. Agar oqsil molekulasi tarkibida 250
ta aminokislota
bo‘lsa, bu oqsil molekulasida nechta peptid bog‘i bo‘ladi?
2. Quyidagi jadvalda berilganlardan mos javoblarni juftlab
ko‘rsating.
1
Aminokislota tarkibida azot
miqdori
А
90 %
2
hujayradagi
biomolekulalar miqdori
B
5—15 %
3
hayvon hujayralarida uglevod miqdori
D
95 %
4
o‘simlik hujayralarida uglevod miqdori
e
1—2 % yoki 5 %
5
hujayradagi yog‘ miqdori
F
20—30 %
6
Yog‘ to‘qimalari hujayralaridagi
yog‘ning miqdori
h
16 %
1-
2-
3-
4-
5-
6-
Dostları ilə paylaş: