6-bob ATOM FIZIKASI. KVANT FIZIKASI ELEMENTLARI 6.1
Stefan-Bolsman qonuni: «qora jism» nurlanish intensivligining temperaturaga
bog’liqligini o’lchash.
2
6.2
Plank doimiysini kompakt o’lchash qurilmasi yordamida aniqlash.
2
6.3
α zarrachalar izlarini Vilson bulutli kamerasi yordamida namoish etish
2
II-semestr Jami: 18 Jami 36 soat 5. MUSTAQIL TA’LIM “Fizika” bo’yicha talabaning mustaqil ta`limi shu fanni o’rganish jarayonining tarkibiy
qismi bo’lib, uslubiy va axborot resurslari bilan to’la ta`minlangan.
Talabalar
auditoriya
mashgulotlarida
professor-o’qituvchilarning
ma`ruzasini
tinglaydilar, misol va masalalar echadilar. Auditoriyadan tashqarida talaba darslarga
tayyorlanadi, adabiyotlarni konspekt qiladi, uy vazifa sifatida berilgan misol va masalalarni
echadi. Bundan tashqari ayrim mavzularni kengroq o’rganish maqsadida qo’shimcha
adabiyotlarni o’qib referatlar tayyorlaydi hamda mavzu bo’yicha testlar echadi.Mustaqil ta`lim
natijalari reyting tizimi asosida baholanadi.
Uyga vazifalarni bajarish, qo’shimcha darslik va adabiyotlardan yangi bilimlarni mustaqil
o’rganish, kerakli ma`lumotlarni izlash va ularni topish yo’llarini aniqdash, internet
tarmoqdaridan foydalanib ma`lumotlar to’plash va ilmiy izlanishlar olib borish, ilmiy to’garak
doirasida yoki mustaqil ravishda ilmiy manbalardan foydalanib ilmiy maqola va ma`ruzalar
tayyorlash kabilar talabalarning darsda olgan bilimlarini chuqurlashtiradi, ularning mustaqil
fikrlash va ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi. Shuning uchun ham mustaqil ta`limsiz o`quv
faoliyati samarali bo’lishi mumkin emas.
Uy vazifalarini tekshirish va baholash amaliy mashgulot olib boruvchi ukituvchi
tomonidan, konspektlarni va mavzuni o’zlashtirish darajasinitekshirish va baholash esa ma`ruza
darslarini olib boruvchi o’qituvchi tomonidan har darsda amalga oshiriladi.
“Fizika” fanidan mustaqil ish majmuasi fanning barcha mavzularini qamrab olgan va
quyidagi 10 ta mavzu ko’rinishida shakllantirilgan.