Byudjet hisobi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/138
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175620
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   138
Byudjet hisobi G\'aniyev 2019 [@iqtisodchi kutubxonasi]

Byudjet ssudasi - 
yuqori byudjetdanquyi byudjetga yohud respublika byudjetidan rezident 
yuridik shaxsga yoki chet el davlatiga qaytarish sharti bilan ajratiladigan mablag’dir. Byudjet 
ssudasi byudjet ijrosi jarayonida yuzaga keladigan daromadlar bo’yicha kassa uzilishlarini qoplash 
uchun yuqori byudjetdan quyi byudjetga ajratiladi. 
Davlat byudjet tasdiqlangandan so’ng davlat va mahalliy soliqlar va daromadlar to’g’risida, 
ma’muriy-hududiy bo’linishdagi, korxonalar, tashkilotlar va ho’jalik birlashmalarining 
bo’ysunishidagi o’zgarishlar, turli xildagi bo’ysunishidagi qurilish ob’ektlari o’rtasida kapital 
qo’yilmalar limitlarini qaytadan taqsimlanishdagi o’zgarishlar bo’yicha qabul qilingan yangi 
qonunlar, O’zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari qabul qilinishi natijasida alohida 
olingan byudjetlarga o’zgarishlar kiritilgan hollarda byudjet ijrosi jarayonida byudjetlar o’rtasida 
o’zaro hisoblashuvlar amalga oshiriladi. 
Byudjet ijrosi jarayoni natijasi bo’yicha aylanma kassa mablag’lari qoldig’i shakllantiriladi. 
Aylanma kassa mablag’lari bo’yicha me’yor belgilanadi.
Aylanma kassa mablag’i me’yori
- moliya yilida respublika byudjeti Qoraqalpog’iston 
Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar hisobvaraqlarida turishi mumkin bo’lgan pul 
mablag’larining qonun hujjatlari bilan belgilanadigan eng kam miqdoridir. 
Byudjet tashkilotlari faoliyati xarajatlari
byudjet mablag’lari hisobiga moliyalanadi. Shu 
bilan birgalikda byudjetdan tashqari mablag’lar manbalari bo’yicha shakllantiriladi. Byudjet 
tashkilotlari xarajatlari smeta doirasida xarajatlar iqtisodiy tasnifi bo’yicha byudjet va byudjetdan 
tashqari mablag’lar hisobiga amalga oshiriladi. 
Byudjet tashkilotlarining moliyaviy aktivlari ya’ni pul mablag’lari
G’aznachilik va 
uning hududiy bo’limlarida ochilgan shaxsiy hisobvaraqlarda byudjet va byudjetdan tashqari 
mablag’lar bo’yicha alohida yuritiladi. Byudjet tashkilotlari nomoliyaviy aktivlariga asosiy 
vositalar, nomoddiy aktivlar, tovar moddiy zaxiralar, material qiymatliklar va boshqalar kiradi. 
Daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosi jarayonida nomoliyaviy aktivlar hisobi belgilangan 
tartibda yuritiladi.
Byudjet tashkilotlari smetalar ijrosi jarayonida belgilangan vazifani bajarish bo’yicha 
jismoniy va yuridik shaxslar bilan hisoblashuvlarni amalga oshiradi va ular bo’yicha majburiyatlar 
yuzaga keladi. 


Byudjet tashkilotlari joriy yilga 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin