Microsoft Word Bobojonova Risolat 919923238


Ijtimoiy sug’urta ajratmalari va ularning hisobidan qilinadigan



Yüklə 430,95 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/21
tarix13.12.2023
ölçüsü430,95 Kb.
#175687
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21
mehnat va unga haq tolashning hisobini tashkil etish va yuritish

Ijtimoiy sug’urta ajratmalari va ularning hisobidan qilinadigan 
xarajatlarni hisobga olish 
Ishchilarning mehnat ta’tili vaqtiga rezerv qilinadigan summani va ijtimoiy sug’urta 
bo’yicha ajratmalarni hisobga olishda O’zbekiston Respublikasi mehnat va aholini 
ijtimoiy muhofaza qilish vazirining “Davlat ijtimoiy sug’urtasi bo’yicha nafaqalar 
tayinlash va to’lash tartibi to’g’risida” gi nizomni tasdiqlash to’g’risida 
buyrug’i (O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2002 yil mayda 
ro’yxatdan o’tkazilgan.Ro’yxat raqami 1136) asosida tartibga solinadi. Mazkur Nizom 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2002 yil 28 fevraldagi 71-son 
“Vaqtinchalik mehnatga layokatsizlik bo’yicha nafaqalar to’lash chegarasini 
takomillashtirish to’g’risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida hamda 
O’zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 
2001 yil 13 fevralidagi PF-2810-son Farmoni, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 1994 yil 11 maydagi 249-son, 1997 yil 20 martdagi 153-son, 1997 yil 6 
iyundagi 286-son, 2000 yil 15 noyabrdagi 444-son, 2000 yil 23 dekabrdagi 498-son, 
2001 yil 24 avgustdagi 351-son karorlariga muvofiq ishlab chikilgan bulib, davlat 
ijtimoiy sugurtasi bo’yicha nafaqalarni tayinlash va to’lash tartibini belgilab beradi. 
Mazkur Nizomda ko’zda tutilgan tartibda byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi
mablag’lari hisobidan ijtimoiy sugurta bo’yicha quyidagi nafaqalar beriladi: 
• vaqtinchalik mehnatga qobiliyatsizlik uchun; 
• homiladorlik va tug’ish uchun; 
• bola tug’ilgani uchun; 
• qo’shimcha dam olish kuni uchun; 
• dafn etish marosimi uchun. 


Nafaqa, mehnat qobiliyati tiklangan, nogironlik belgilangan, homiladorlik va 
tug’ish ta’tili tugagan, vafot etgan yoki bola tug’ilgan kundan boshlab 6 oy muddat ichida 
murojaat qilinganda to’lanadi. Bunda, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi uni 
olish uchun murojaat qilingan kungacha bo’lgan 12 oydan oshmagan davr uchun beriladi. 
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik (homiladorlik va tug’ish ta’tili) kunlari xodimning 
ishdan noqonuniy bo’shatilgan to’g’risida nizo ko’rilayotgan davrga to’g’ri kelgan 
hollarda, u ishga tiklangan taqdirdagina (barcha mehnatga qobiliyatsiz kunlar uchun) 
nafaqa olish huquqiga ega bo’ladi
.
Nafaqa oyiga bir marta-oyning ikkinchi yarmi uchun 
beriladigan ish haqi bilan birga
to’lanadi.
Xo’jalik yurituvchi sub’ekt, muassasa, tashkilot (bundan buyon-xo’jalik 
yurituvchi sub’ekt)lar tomonidan ish joyida byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi 
mablag’larining ijtimoiy sug’urta bo’yicha nafaqalar uchun maqsadga muvofiq 
xarajatlanishi ustidan nazorat qilish Davlat soliq xizmati organlari tomonidan qonun 
hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. 

Yüklə 430,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin