1 Nazokat kamilova, Farrux abdumalikov


.  1-§. KIRISH. «GO‘RO‘G‘LINING TUG‘ILISHI»



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/85
tarix13.12.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#175696
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   85
11-sinf adabiyot testlar

18

1-§. KIRISH. «GO‘RO‘G‘LINING TUG‘ILISHI» 
106. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida bolasi o‘lib, bolasining o‘lganiga ichi 
kuyib, kishnab yurgan baytalni kim Go‘ro‘g‘lining oldiga olib keladi? 
A) Rustambek 
B) Xizr
C) chiltanlar 
D) Odam ota 
107. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonidan olingan quyidagi parcha qaysi 
qahramon tilidan aytilgan? 
Musofirman Shohdorxonning shahriga,
Yovmitda Odilxon deydi bobomni,
Aslim so‘rsang, yaxshi odam nasliman!
A) Gajdumbek 
B) Hiloloy 
C) Ravshan
D) Jig‘alixon 
108. Podshohi haqiqiy kim(lar)?
A) Olloh
B) podshohlar
C) vazirlar
D) noiblar 
109. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida qaysi podsho achchig‘i kelib, to‘p-
to‘pxonasi bilan Mari yurtini tep-tekis qilib, Qovishtixon bekni to‘pga solib 
ottirib yuboradi? 
A) Shohdorxon 
B) Odilxon
C) Ahmadbek 
D) Urayxon 
110. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida urush tugagach, Shohdorxon: «E 
mehmonlar, mendan maqsad tila!» – deya kimga yasovul boshliq amalini 
beradi?
A) Holmonga 
B) Ravshanga 
C) Rustamga 
D) Gajdumga
111. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida «Haq saqlasa, balo yo‘q, Haq 
qarg‘asa, davo yo‘q» maqoli kimlarning tilidan aytilgan? 
A) Gajdumbekning amaldorlari 
B) Shohdorxonning amaldorlari
C) Odilxonning amaldorlari 
D) Qovishtixonning amaldorlari 
112. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida qaysi qahramonning darvozasining 
har chekkasida, o‘n yetti joyda qorovulxonasi borligi va shu xonalardan katta-
katta to‘plarni dalaga qaratib chiqarib qo‘yganligi tasvirlanadi? 
A) Rayhon arabning
B) Gajdumbekning 
C) Ravshanbekning 
D) Odilxonning 
113. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida qaysi qahramonning maslahatga 
quloq solmay, o‘ylamay qaror qabul qilishi, uzoqni ko‘ra bilmasligi, ko‘plab 
insonlarning bevaqt o‘limiga, taqdirlarining o‘zgarib ketishiga sabab bo‘ladi? 
A) Shohdorxonning
B) Odilxonning 
C) Qovishtixonning
D) Ravshanning 



Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin