27 2-§. MAHMUD KOSHG‘ARIY 23. Nechanchi asrga kelib turkiy xalqlar madaniyati, adabiyoti va san’ati
rivojlanishining yangi pallasi boshlandi?
A) XII asrga kelib
B) XI asrga kelib
C) XIII asrga kelib
D) XIV asrga kelib
24. «Devonu lug‘ot at-turk» asarida muallif kitobning necha karra yozilgan
(ko‘chirilgan)ligini va tuzatilganligini aytadi?
A) besh karra
B) uch karra
C) ikki karra
D) to‘rt karra
25. «Devonu lug‘ot at-turk»dan olingan quyidagi misralarda qaysi obrazning
bulut ko‘tarilib, tuman tushib do‘l yog‘gani uchun chopib, sho‘xliklar qilgani
ta’riflanadi?
I qilachim erig bo‘ldi, Erig bo‘lg‘u yen ko‘rdi. Bulit o‘rub ko‘k o‘rtuldi, Tuman turub to‘li yag‘di. A) qizchaning
B) o‘g‘ilchaning
C) qo‘zichoqning
D) otning
26. Quyidagilardan «Devon»da keltirilgan qaysi so‘z she’rga nisbatan
qo‘llanadi?
A) lirika
B) yir
C) saj’
D) rajaz
27. «Devon»da keltirilgan qaysi she’rda sho‘x, o‘ynoqi otning chopqirligi
tasvirlanadi?
A) «Erdi ashin taturg‘an»
B) «Bulnar meni ulas ko‘z»
C) «
I
qilachim erik bo‘ldi»
D) «Qish yay bila to‘qushti»
28. Mahmud Koshg‘ariyning «Devon»i haqidagi noto‘g‘ri ma’lumotni toping.
A) «Devon»dagi bir turkum qo‘shiqlar bevosita farzandlar va, umuman,
jamiyat a’zolarining ma’naviy kamolotiga bag‘ishlangan.
B) «Devon»dagi she’riy parchalarning asosiy qismi xalq og‘zaki ijodi
mahsulidir.
C) «Devon»dagi she’riy parchalar shakliga ko‘ra, asosan, ikkilik,
to‘rtliklardan tashkil topgan.
D) «Devon»dagi marosim qo‘shiqlaridan birida qishning tugab, bahorning
boshlanayotgani, oqar suvlarning ko‘paygani, havo iliy boshlagani
hamda atrofdagi o‘t-o‘lanlarning ko‘karishi tavsif etilgan.
29. Tabiatdagi jarayon inson hayotidagi jonli manzaralarga o‘xshatilib, unga
qiyosiy holda aks ettirilgan «Qish yayg‘iru savlanur» misrasining ma’nosini
toping.
A) «Qish yomg‘iri savalayapti».