40 .
3-§. YUSUF XOS HOJIB 12. «Qutadg‘u bilig» asarida O‘zg‘urmish kimning oqilona tushuntirishlaridan
so‘ng, ziyorat maqsadidagina elig huzuriga boradi?
A) O‘gdulmishning
B) Kuntug‘dining
C) Oyto‘ldining
D) Kulteginning
13. Mumtoz adabiyotimizda (adabiy an’analar natijasi sifatida) qiyinchilikka
duch kelgan qahramon, ma’shuqa ishqida o‘rtanayotgan oshiq qaddi
ko‘pincha arab alifbosidagi qaysi harflarga qiyoslanadi?
A) «mim» yoxud «yo» harflariga
B) «dol» yoxud «alif» harflariga
C) «lom» yoxud «yo» harflariga
D) «yo» yoxud «dol» harflariga
14. Yusuf Xos Hojib qo‘llagan o‘xshatishlar yozma adabiyotda an’anaga
aylanib ketgan bo‘lib, adib zolim amaldorlarni nimaga o‘xshatgan?
A) arslonga
B) sherga
C) bo‘riga
D) burgutga
15. Yusuf Xos Hojibning quyidagi misralarida nuqtalar o‘rniga adibning
nimani qafasda yotgan arslonga o‘xshatganini topib, qo‘ying.
«... hovlida (ya’ni qafasda) yotgan arslon kabidir, Ey, qafasdagi (makkor) vahshiy boshingni yeydi». A) nodonlik
B) qalb
C) aql
D) til
16. Yusuf Xos Hojib ijodidagi qaysi obrazning bo‘riga qiyoslanishida ularning
ochofat va johilligi ta’kidlangan?
A) o‘limning
B) dushmanning
C) saroy amaldorining
D) lashkarboshining
17. «Qutadg‘u bilig»da yuzga nisbatan ishlatilgan qaysi obraz kishi tashqi
ko‘rinishining yoqimliligiga ishora?
A) arg‘uvon
B) oy
C) osh
D) gul
18. «Qutadg‘u bilig»da lashkarboshiga nisbatan ishlatilgan qaysi obraz
lashkarboshining doimiy hushyorligiga ishora?
A) arslon
B) zag‘izg‘on
C) lochin
D) quyon
19. «Qutadg‘u bilig» asaridan olingan quyidagi misrada ipak gazmol, tikan
nimaning ramzi hisoblanadi?
Ko‘ni so‘z irig ul kim aymish, temish, Angar to‘rqu idtim, tikan cho‘g‘lamish. Mazmuni: Kim aytsa, desa (ham) to‘g‘ri so‘z dag‘aldir, (ya’ni keskin bo‘ladi). Unga ipak gazmol yubordim, u esa tikan tugib yuboribdi. A) ipak gazmol – taklif, tikan – rad etish