50 .
3-§. YUSUF XOS HOJIB 82. «Qutadg‘u bilig» asaridan olingan quyidagi parcha qaysi qahramon
tilidan aytilgan?
Mening o‘zim ham shu (oy) sifatlidirman, Goho paydo bo‘laman, goho mahv bo‘laman. A) O‘gdulmish
B) Kuntug‘di
C) Oyto‘ldi
D) O‘zg‘urmish
83. «Qutadg‘u bilig» asari qahramoni O‘zg‘urmish kim va nimaning ramzi?
A) elig – adolat ramzi
B) elig – davlat ramzi
C) vazirning o‘g‘li – aql ramzi
D) vazirning uzoq qarindoshi – qanoat (ofiyat) ramzi
84. «Qutadg‘u bilig» asarida zohid kim?
A) O‘gdulmish
B) Kuntug‘di
C) Oyto‘ldi
D) O‘zg‘urmish
85. «Qutadg‘u bilig» asarida elig yuzini o‘girgan Oyto‘ldiga qarata qaysi
xislatning kishi uchun «yaramas»ligini aytadi?
A) shoshqaloqlikning
B) yolg‘onchilikning
C) badnafslilikning
D) ochko‘zlikning
86. Yusuf Xos Hojib adolatni nimaga o‘xshatadi?
A) hayot uchun zarur kimyoga
B) ko‘ngillarni yorituvchi mash’alga
C) oqib turgan suvga
D) hammani go‘zalligi ila bahramand etuvchi oyga
87. «Qutadg‘u bilig»da lashkarboshining tunlari hushyor va bedorligi qaysi
obraz(lar)ga o‘xshatiladi?
A) zag‘izg‘onga
B) lochin va ukkiga
C) tulkiga
D) ukki – boyo‘g‘liga
88. «Qutadg‘u bilig»da qo‘llanilgan quyoshning istioraviy ifodasini toping.
A) rumiy qizi
B) sevuglar qizi
C) arg‘uvon qizi
D) sart qiz yuzi
89. «Qutadg‘u bilig» asarida qaysi qahramon o‘z maqsadi yo‘lida og‘ishmay
harakat qiladigan, sabot va matonatli inson hisoblanib, o‘z ishini chala
qoldirib, yarim yo‘ldan qaytadiganlar toifasidan emas?
A) O‘gdulmish
B) Kuntug‘di
C) Oyto‘ldi
D) O‘zg‘urmish
90. Yusuf Xos Hojib ijodidagi qaysi o‘xshatishlar bir necha obrazlarni
yoritishga xizmat qiladi?