101
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda inson sog‘lig‘ini yaxshilash va tiklash
borasida sog‘lomlashtirish markazlari va sihatgohlar
xizmati faoliyatini yanada
jadallashtirish maqsadida mineral suv resurslarini ko‘paytirish yuzasidan keng
qamrovli tadbirlar amalga oshirildi. O‘tgan yillar davomida respublikamizda 40 ga
yaqin turli shifobaxsh suv konlari ochilgan va foydalanishga topshirilgan.
O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar
strategiyasidan kelib chiqqan holda aholi o‘rtasida kasallanish ko‘rsatkichlarini
pasayishini va umr uzayishini ta’minlash borasida mineral suvlar bilan davolaydigan
sog‘lomlashtirish maskanlar imkoniyatlaridan foydalanish alohida ahamiyat kasb
etadi.
Aslini olganda respublikamizda tarqalgan buloqlar turli-tuman tabiiy
sharoitlarga, rekreatsion resurslarga va iqtisodiy imkoniyatlarga ega bo‘lib, bu ishlab
turgan mineral buloqlardagi davolash-sog‘lomlashtirish muassasalarini kengaytirish
va yangilarini qurish uchun juda qulaydir. Ularni ayniqsa respublikamizning tog‘li
joylarida
oqilona joylashtirish, mahalliy-tabiiy sharoitlar va joylarning tabiiy
geografik xususiyatlarini chuqur o‘rganishni taqozo qiladi. Amalda ular o‘rganilmasa,
jiddiy xatoliklarga yo‘l qo‘yilishi mumkin. Respublikamiz hududidagi ayrim
sanatoriyalar, dam olish uylari tabiiy geografik jarayonlarni hisobga olmasdan
qurilgan.
Mineral buloqlarni o‘rganishda ularning geografik joylashuvini aniqlash va
rayonlashtirish maqsadga muvofiqdir. O‘zbekistondagi mavjud mineral buloqlarning
aksariyatida davolovchi shifoxonalar, sihatgoh va
dam olish maskanlari bunyod
etilganligini ko‘rishimiz mumkin.
Farg‘ona mintaqasida 50 dan ortiq mineral suv buloqlari ro‘yxati
shakillantirilgan va o‘rganilgan bo‘lib, u yerlarda ko‘plab shifoxonalar ishlab turibdi.
Kimyoviy tarkibi, minerallashishi bo‘yicha bu suvlar chet eldagi mashhur mineral
suvlarga o‘xshaydi, kasalliklarni davolash usullari ham deyarli bir xil. Farg‘ona
vodiysida Chortoq, Chimyon, Shohimardon va boshqa ko‘plab shifoxonalar hamda
dam olish maskanlari bor. [2, 94-b.]
Chirchiq-Ohongaron vodiysining gidrogeologik jihatidan tog‘ oldi qismi katta
qiziqish uyg‘otadi, chunki bu yerda har xil ichimlik va mineral suvlarning bir necha
havzalari topilgan. Oqtosh, Xumson, G‘azalkent va Chotqol sog‘lomlashtirish zonasi,
Tovoqsoy va Bildirsoy shifobaxsh oromgohlari, Chorvoq, Chimyon, Kumushkon
oromgohlari shular jumlasidandir.
Zarafshon vodiysi turli-tuman foydali qazilmalarga boy bo‘lib,
bu yerda issiq,
kam minerallashgan, turli kimyoviy tarkibli suvdan to yuqori minerallashgan va
radonli mineral suvlar aniqlangan. Hozirgi kunda Sitorai Mohi-Xossa, Abu Ali ibn
Sino shifoxonalari, Samarqand dam olish uyi kabi o‘nlab maskanlar ishlab turibdi.
102
Qashqadaryo viloyatida issiq mineral suvlarning katta zaxiralari aniqlangan.
Aholi sonining jadal o‘sishiga qaramasdan bu viloyatda boshqa joylarga nisbatan olib
qaralganda davolash-sog‘lomlashtirish muassasalari kam. Hozirgi vaqtda iqlimiy va
balneologik sihatgohlar, oromgohlardan Langar oromgohi, Xo‘jaipok shifoxonasi va
boshqalar faoliyat ko‘rsatmoqda.
Surxondaryo viloyatida gidrogeologlar turli-tuman
kimyoviy tarkibga ega
bo‘lgan mineral buloqlarning 30 dan ortiq manbayini aniqlashgan. Davolash
maqsadida o‘rtacha va yuqori minerallashgan Uchqizil vodorod-sulfidli issiq
suvlaridan foydalanib kelinmoqda. Viloyatda Jayronxona, Xondiza shifoxonalari,
Boysun iqlim maskani va boshqalar mavjud. [4, 63-b.]
Quyi Amudaryo vohasida shifobaxsh balchiqli ko‘llar va mineral buloqlar ko‘p
uchraydi. Bulardan ba’zilari shifoxonalarda qo‘llanilmoqda, ayrimlari kanal va
zovurlar qazilishi oqibatida hamda paxta dalalarida
ishlatiladigan zaxarli
moddalarning suv va tuproq orqali tushishidan jiddiy zarar ko‘rmoqda. Ular ekologik
jihatdan izdan chiqmoqda.
Respublikamizning tog‘ va tog‘ yonbag‘irlarida yashovchi qishloq aholisi
asosan buloq suvlarini iste’mol qiladilar. Jizzax, Toshkent, Namangan, Qashqadaryo,
Surxandaryo, Samarqand, Sirdaryo, Farg‘ona, viloyatlarida ichish maqsadida 850 ta
yirik buloqlardan foydalanadilar. [3, 58-b.]
Bulardan ko‘rinib turibdiki buloqlarning inson hayotidagi ahamiyati katta. Shu
sababli ham ularning mavjud holatini saqlab qolish, buloqlarning qurib qolish
xavfining
oldini olish,
ifloslanishi
va
tarkibiy
davolash
xususiyatlarini
yomonlashishidan saqlash, buloqlar mavjud bo‘lgan joylarni sanitariya muhofaza
ostiga olish, zaxiradagi suvlardan foydalanish sxemalarini ishlab chiqish, hali
o‘rganilmagan yangi buloqlarni o‘rganish va buloqlar haqida aholiga ma’lumot
beradigan mobil ilovalar ishlab chiqish mavjud muammolarning amaliy yechimi
hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: