Proceedings of International Scientific Conference on Multidisciplinary Studies
Hosted online from Moscow, Russia
Date:
11
th
January, 2023
ISSN: 2835-5733
Website:
econferenceseries.com
296 |
P a g e
TERMINAL DAVRDAGI BEMORLARDA HAMSHIRALIK
PARVARISHINING XUSUSIYATLARI VA HAMSHIRALIKNI
AHAMIYATI
Inogamova Nafisa
Toshkent viloyati Zangiota ABU ALI
IBN SINO nomidagi jamoat
salomatlik texnikumi Kasbiy fanlar òqituvchisi
Xasanova Maxsuda
Toshkent viloyati Zangiota ABU ALI IBN SINO nomidagi jamoat
salomatlik texnikumi Kasbiy fanlar òqituvchisi
Annotatsiya:
Maqolada terminal davr haqida ma’lumot berib o’tilgan.
Termonal davrda
hamshiraning ahamiyati va xususiyatlari haqida ma’lumot berilgan.
Kalit so’zlar:
terminal davr, palliativ parvarish, xospis parvarish.
Terminal davr 2 ma’noga ega: inson umrining tugashi
va kasallikning yakuniy
bosqichi.Odatda terminal davrning quyidagi belgilanishi qo’llanadi: «Hatto
kombinatsiyalangan davolashning barcha turlari yordamida bemorni tuzatish imkoni
bo’lmagan holat va aksincha, faol davolash ushbu bemorga to’g’ri
kelmaydigan
holat». Odatda bunday holatda bemorning 6 oydan kamroq umri qolgan bo’ladi.
O’lim oldi holati–bevosita o’lishdan oldin va o’lim vaqtigacha bo’lgan davrni o’z
ichiga olgan o’limni kutish holati hisoblanadi. Terminal va palliativ parvarish haqida
tushuncha. Terminal parvarish ,
shunday davirda beriladiki, qachonki bemorni
fiziologik salomatlik darajasi yomonlashganda, qaytmas holatlar boshlanishi va oхir
yaqinlashayotganligini his qilish. Bu holat «hayot oxiri» ni (end of life) anglatadi.
Palliativ parvarish bemorning nuqtai–nazaridan simptomlarni yumshatish va hayot
sifatini oshirish (QOL) birinchi
galdagi maqsad hisoblanadi, biroq vazifalar
vaziyatga qarab farq qilinadi va hamshira ushbu bemor uchun mos bo’lgan palliativ
parvarishni taqdim qilishi zarur Butunjahon Sog’liqni Saqlash Vazirligi bo’yicha
ta’riflash: palliativ parvarish–bu «inkurabel bemor va uning oila a’zolarining hayot
sifatini oshirish, shuningdek og’riq va boshqa jismoniy, ruhiy, ijtimoiy va ma’naviy
xususiyatga
ega muammolarning oldini olish, baholash va davolash bo’yicha
tadbirlardir». Xospis parvarish haqida tushuncha «Xospis» (hospice) iborasining