Agar Tarif paketini unga ulangan barcha xizmatlar bilan birga avtomatik uzaytirish uchun pul
mablag'lari yetarli bo'lmasa, Tarif paketi opsiyalarsiz uzaytirilmaydi (Mijoz xizmatlarni avtomatik
uzaytirishni o'chirib qo'ygan holat bundan mustasno), xizmatlar quyidagi shartlar asosida
tarifikatsiya qilinadi:
Paket tugaganidan keyin 72 soat davomida (“Super 0 daqiqa va Super 0 GB paket”i bundan
mustasno):
O‘zbekiston Respublikasi raqamlariga SMS — har biri 180 so‘mdan;
Kiruvchi qo‘ng‘iroqlar daqiqasi — 0 so‘m;
O‘zbekiston Respublikasi abonent raqamlariga chiquvchi qo‘ng‘iroqlarning daqiqasi — 180 so‘m
Internet tarmog‘iga kirish taqdim etilmaydi.
Paket tugaganidan keyin 72 soat o‘tib, shuningdek “Super 0 daqiqa va Super 0 GB paket”i
tugaganidan keyin xizmatlar «Boshlang'ich» tarifi shartlari bo'yicha tarifikatsiya qilinadi.
Mijoz «Boshlang'ich» tarifiga o'tgunicha foydalangan Tarif paketini unga ulangan barcha
xizmatlari bilan birga uzaytirish uchun yetarli bo'lgan pul mablag'lari Shaxsiy hisobvaraqqa kelib
tushganida, Tarif paketi barcha xizmatlari bilan bunday mablag' kelib tushgan vaqtdan boshlab
ulanadi.
Tarif paketi yoki opsiyalarning avtomatik uzaytirilishini Mijoz Qo‘llab-quvvatlash markaziga
murojaat qilgan holda o'chirishi mumkin. Bunday holatda “0 daqiqa va 0 GB paketi”da paket
muddati tugashi bilan, boshqalarida esa
— Hisob-kitob davridan 72 soat o‘tgach, xizmatlar
«Boshlang'ich» tarifi shartlari bo'yicha tarifikatsiya qilinadi.
"0 daqiqa va 0 GB” tarifida, agar pullik Xizmatlar ketma-ket 30 kalendar kun davomida
foydalanilmasa, tarif paketini avtomatik uzaytirish o‘chirib qo'yiladi. Avtomatik uzaytirishni qayta
ulash uchun Mijoz istalgan Tarif paketini Mobil ilovada mustaqil ravishda ulash mumkin
Dostları ilə paylaş: