3-MAVZU. FALSAFIY TAFAKKUR TARAQQIYOTI BOSQICHLARI: G‘ARB FALSAFASI 46
xaqiqatligini emas, xato ekanligini isbotlashi kyerak. Oxir-oqibatda neopozitivizm vakillari
falsafa bilimlarning xaqiqiyligini mantiqiy — lingvistik usul orqali isbotlashi va
sistemalashtirishi kyerak, degan xulosaga keldilar. XX asrning 60 — 70 yillariga kelib,
neopozitivizmning mavqei kamayib, asosiy o‘ringa strukturalizm va gyermenevtika chiqdi.
Strukturalizm (asosiy vakillari Levi — Stross va Fuko) bilishda strukturaviy usulning
ahamiyatini mutlaqlashtiradi. Bu oqim tarafdorlari narsa va hodisaning strukturasini bilish uning
ob’ektiv mohiyatini bilish demakdir, deb hisoblaydilar. Masalan Levi-Stross mifologik
tafakkurni tahlil etib, turli joylarda yashagan qadimgi qabilalar va xalqlar yaratgan afsonalarning
umumiy strukturaga ega ekanligini isbot qildi. Uning fikricha, bu afsonalarning asosiy mazmuni
bir-biriga to‘la muvofiq keladi. Insoniyatning ilmiy tafakkuri ham bu ta’limotga ko‘ra shunday
prinsipga, umumiy mantiqqa ega.
Germenevtika — qadimgi yunon afsonalaridagi xudolarning xohish va irodasini
insoniyatga tushuntirib berish uchun yerga yuborilgan elchisi — Germes nomi bilan ataladi.
Demak, germenevtika — tushunish, tushuntirish, tahlil etish g‘oyalariga asosiy diqqatini
qaratadi.
Jamiyat, bu ta’limotga ko‘ra, kishilar o‘rtasidagi muloqotga asoslanadi. Muloqot
jarayonida madaniy, tarixiy va ilmiy qadriyatlar yaratiladi. Shuning uchun falsafaning asosiy
vazifasi hayotning ma’nosini, mohiyatini kishilar o‘rtasidagi muloqotdan qidirishdan iborat.
Bu oqim vaqillari Shleyermaxyer va Diltey fikricha, biror bir tarixiy manbaning to‘g‘ri
tahlil etilishi tadqiqotchining davr xususiyatlarini to‘la his etishi, tushunishi bilan bog‘liq.
Hozirgi davrda bu ta’limotning ko‘plab tarafdorlari mavjud.
XX asrning 30 — yillariga kelib «ekzistensial falsafa» rivojlandi. Ekzistensiya — tom
ma’noda mavjud bo‘lmoq demakdir. Ekzestensializm nihoyatda xilma-xil yo‘nalishdagi
ta’limotlarni insonning ma’naviy dunyosi, inson taqdiri, yerkinligi g‘oyalari asosida
umumlashtirdi.
Bu muammolarning talqini, ayniqsa, ijodkor ziyolilar o‘rtasida ommaviy tus oldi. Shuning
uchun ekzistensial falsafa bu davrda eng keng tarqalgan oqim bo‘lib qoldi.
Ekzistensializm vakillari asosan ikki yo‘nalishga bo‘linadilar. Biri — dunyoviy (Xaydegyer, Sartr,
Kamyu) va ikkinchisi diniy (Yaspyers, Marsel) bo‘lib bunday bo‘linish nisbiydir.
Xaydegyer, Sartr, Kamyularning ta’limotiga ko‘ra, inson o‘zining yaratish jarayonini o‘zi
yerkin amalga oshiradi. Insoniyat oldida ulkan imkoniyatlar mavjud bo‘lib, ulardan qaysi birini
tanlashda u yerkindir. Demak, inson o‘z mohiyatini o‘zi yerkin belgilaydi, uning kim bo‘lib
etishishi faqat uning o‘ziga bog‘liq. Shu ma’noda, inson doimo rivojlanib boradigan,
tugallanmagan loyihaga o‘xshatiladi. Yerkinlik insonning o‘zi tomonidan yaratiladigan ichki
ruhiy holati tarzida talqin etiladi. Insonga byerilgan imkoniyatlarni tanlash nihoyatda
mas’uliyatlidir, chunki bunda inson o‘zi, boshqalarni hamda uni o‘rab turgan olamni ham qayta
yaratadi.
Diniy ekzistensializm vakillari Yaspyers va Marsel fikricha, inson o‘z yerkin faoliyati
davomida xudoga qarab unga etishish uchun, kamolot tomon harakat qiladi. Haqiqiy yerkinlik
insonga tahlikali onlarda, tashvishda, yolg‘izlikda namoyon bo‘ladi. «ahlika, mas’uliyat sof
yerkinlikning o‘zidir, faqat shunday sharoitda inson o‘zini to‘laligicha anglaydi. Hayot va o‘lim,
qo‘rqinch, dahshat tushunchalari bu ta’limotning markaziy tushunchalaridir. Ekzistensialistlar
fikricha, olam ma’nosiz va uni bilib bo‘lmasligi abadiy, inson umri o‘tkinchi bo‘lganligi uchun
ham dahshatlidir.