Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar


-MAVZU. MANTIQ ILMINING PREDMETI, ASOSIY QONUNLARI



Yüklə 5,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə286/452
tarix14.12.2023
ölçüsü5,02 Mb.
#176881
1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   452
Seminar mashg\'uloti FALSAFA

10-MAVZU. MANTIQ ILMINING PREDMETI, ASOSIY QONUNLARI.
TUSHUNCHA TAFAKKUR SHAKLI SIFATIDA 
138 
Xususan, «o‘z maydoniga egaligi», «aholisining mavjudligi», «boshqaruv 
vositalarining bor ekanligi», «siyosiy tashkilotdan iboratligi» davlatning muhim 
xususiyatlari hisoblanadi. Xuddi shuningdek, «millatning orzu-havaslari, 
maqsadlarini aks ettirishi», «uning tub manfaatlarini ifoda etishi» milliy g‘oyaning 
muhim belgilaridir. Agar tushuncha aks ettirayotgan predmetni A bilan, unda fikr 
qilinayotgan muhim belgilarni, ya’ni fikrlash elementlarini a, v, s,..., n bilan 
belgilasak, tushunchaning mantiqiy strukturasini A (a, v, s,..., n) shaklida simvolik 
tarzda ifodalash mumkin. 
Hukmlarda predmet bilan uning xossasi, predmetlar o‘rtasidagi munosabatlar, 
predmetning mavjud bo‘lish yoki bo‘lmaslik fakti haqidagi fikrlar tasdiq yoki 
inkor shaklda ifoda etiladi. Masalan, «YUksak ma’naviyat-engilmas kuch» degan 
hukmda predmet (yuksak ma’naviyat) bilan uning xossasi (engilmas kuch) 
o‘rtasidagi munosabat qayd etilgan. «Axloq huquq bilan uzviy aloqada» degan 
hukmda ikkita predmet (axloq va huquq) o‘rtasidagi munosabat qayd etilgan. 
Mazmun jihatdan turli xil bo‘lgan bu hukmlar tuzilishiga ko‘ra bir xildir: ularda 
predmet haqidagi tushuncha (S) bilan predmet belgisi haqidagi tushuncha (P) 
o‘rtasidagi munosabat qayd etilgan, ya’ni R ning S ga xosligi tasdiqlangan. 
Umumiy holda hukmning mantiqiy strukturasini (shaklini) S—R formulasi 
yordamida ifoda etish mumkin. 
Xulosa chiqarishda ham yuqoridagiga o‘xshash hollarni kuzatish mumkin. 
Masalan, 
“Daraxt – o‘simlik”. 
“Terak – daraxt”. 
Demak, “Terak – o‘simlik”. 
yoki 
“Har bir kimyoviy element o‘z atom og‘irligiga ega”. 
“Mis – kimyoviy element”. 
Demak, “Mis o‘z atom og‘irligiga ega” kabilar. 
Bu xulosa chiqarish hollari mazmuni bo‘yicha turlicha bo‘lishiga qaramasdan, bir 
xil mantiqiy strukturaga ega. Har ikkalasida xulosani tashkil etuvchi tushunchalar 
xulosa chiqarish uchun asos bo‘lib xizmat qilayotgan hukmlarda uchinchi bir 
tushuncha (birinchi misolda – «daraxt», ikkinchi misolda – «kimyoviy element» 
tushunchasi) orqali bog‘langan. 
Yuqoridagi keltirilgan misollardan tafakkur shakli fikrning konkret mazmunidan 
nisbatan mustaqil holda mavjud bo‘lishi va, demak, o‘ziga xos qonuniyatlarga 
egaligi ma’lum bo‘ldi. SHuning uchun ham mantiqda uni alohida o‘rganish 
predmeti sifatida olib qarash mumkin. 
Tushuncha, hukm (mulohaza) va xulosa chiqarish tafakkurning universal mantiqiy 
shakllari, uning asosiy strukturaviy elementlari hisoblanadi. Muhokama yuritish 
ana shular va ularning o‘zaro aloqalarga kirishishi natijasida vujudga keladigan 
boshqa mantiqiy strukturalar (masalan, muammo, gipoteza, nazariya, g‘oya va shu 
kabilar)da amalga oshadi. 



Yüklə 5,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin