11-MAVZU. MULOHAZA. XULOSA CHIQARISH
169
2. Munosabat analogiyasi
1. Predmet, hodisalarning sifat (xususiyat)laridagi o’xshashlik sifat analogiyasini hosil qiladi.
Masalan: Janubiy Afrika yassitog’ligining geologik strukturasi Yoqutiston tog’larnikiga
o’xshash. Janubiy Afrikadan ko’pdan-ko’p olmos tog’ konlar topilgan. Demak, Yoqutistonda
ham olmos konlari bo’lishi mumkin.
2. Munosabatlardagi o’xshashlik munosabat analogiyasini hosil qiladi.
Munosabat analogiyasi
sababiy aloqadorlik shaklida namoyon bo’ladi. Masalan: Yerga olmaning
tushishining sababi
Yerning tortishish kuchi. Oy yerning tortishish kuchi tufayli uning atrofida harakat qiladi. Yer,
butun planetalar Quyosh atrofida harakat qiladi. Shu orqali butun
dunyo tortishish qonunini
tushunishi mumkin.
Bionika fani jonli tabiat ob’ektlari, hodisalarini o’rganish asosida
u haqidagi bilimlarni yangi
texnika texnologiyada qo’llash bilan shug’ullanadi. Fizik olim Rezerfort
ishlab chiqqan atom
tuzilishini modeli atom yadrosi bilan elektronlar munosabatidagi o’xshashlikka asoslangan.
O’xshashlik - o’xshash
tomonlarni aniqlash, bilim va amaliyotda muhim o’rin tutadi. M.V.
Lomonosov «o’xshatish
biron bir narsani isbotlamaydi, balki
isbotlanadigan narsani
tushuntiradi»,- degan edi.
Hosil bo’ladigan bilimning xarakteriga ko’ra analogiya 3 ko’rinishda namoyon bo’ladi:
a) Qat’iy analogiya.
b) Qat’iy bo’lmagan analogiya.
c) Yolg’on analogiya.
a) Qat’iy analogiya
o’xshash tomonlar, belgilar orasidagi zaruriy aloqa va munosabatlar asosiga
ko’riladi. Qat’iy analogiya ilmiy izlanishlarda keng qo’llaniladi. Ilmiy tadqiqotlarni
modellashtirish usuli qat’iy analogiyaga asoslangan.
b) Qat’iy bo’lmagan analogiya
ehtimollik xarakteridagi (taxminiy) xulosalarni hosil qiladi.
Samolyotlar modelini sinash qat’iy bo’lmagan analogiyaga asoslanadi.
Qat’iy bo’lmagan analogiyada bilimning ishonchlilik darajasini oshirish uchun quyidagilarga
e’tibor berish lozim:
1. o’xshash xususiyatlar tomonlarning ko’pligiga;
2. asosiy, zaruriy belgilar, tomonlar o’xshashligiga;
3. o’xshashlikning iloji boricha har tomonlama bo’lishiga;
4. farklarning miqdori va sifatiga;
5. chiqarilayotgan xulosadagi ehtimol borligi nazarda tutilgan belgining o’xshash belgilarga
yaqin tipni ifodalashiga.
Bular analogiya bo’yicha chiqariladigan xulosalarning asosiy qoyidalari hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: