Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar


-MAVZU: “ETIKA” FANINING PREDMETI VA JAMIYAT HAYOTIDAGI AHAMIYATI



Yüklə 5,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə353/452
tarix14.12.2023
ölçüsü5,02 Mb.
#176881
1   ...   349   350   351   352   353   354   355   356   ...   452
Seminar mashg\'uloti FALSAFA

13-MAVZU: “ETIKA” FANINING PREDMETI VA JAMIYAT HAYOTIDAGI AHAMIYATI
196 
O‘rta asrlar, musulmon Sharqi mytafakkirlarining qadimgi YUnon tafakkuriga, xususan, 
axloqshunosligiga ulkan e’tiborining taqlidining asl sababi ana shunda. 
3. XXI asrda global etosfera (axloqiy muhit)ni yaratishning zaruriyati. 
Axloqshunoslik hamma davrlarda ham yuksak ahamiyat kasb etib kelgan fan.
Shu o‘rinda Respublikamiz Birinchi Prezidenti Islom Karimovning quyidari qimmat fikrlarini 
keltirish joiz: “Aslini. olganda, axloq - ma’naviyatning o‘zagi”, “Inson axloqi shunchaki salom-
aliq xushmuomalalikdagina iborat emas. Axloq - bu, avvalo, insof va adolat tuyg‘usi, iymon, 
halollik degani”. Bu fikrlar, bir tomondan, eski tuzumdan qolgan axloqsizlik ko‘rinishlariga 
loqayd qarovchilarga va axloqshunoslikni engil-elpi, ikkichi darajali fan sifatida 
tushunuvchilarga adolat zarba bulsa, ikkinchi tomondan, axloqning yangi jamiyatimizdagi ulkan 
mavqeini xamda axloqshunoslikning jiddiy nazariy tadqiqotlarga suyanishi kerakligini 
ta’kidlaydi.
Ana shu yangilanish jarayonida aloqshunoslikning - o‘rni bor. Uning oldidagi demokratik 
va xukuqiy davlat barpo etishga kirishgan mamlakatimiz fuqarolarining, ayniqsa, yoshlarning 
axloqiy darajasiga mas’ullik va har tomonlama kamol tonran zamon kishisi tarbiyasini nazariy 
asoslashdek ulkan vazifalar turibdi. Ularni faqat qadimiy va hap doim zamonaviy bulib kelgan 
axloqqa yangicha yondoshuvlar asosidagina amalga oshirsa buladi. Ayni paytda, ularni 
axloqshunoslik fani oldida turran vazifalarning bir qismi, ta’bir joiz bulsa, milliy axloqshunoslik 
vazifalari deb atash mumkin. Zero fanimizning xozirgi kunda umumjahoniy global 
muammolarni hal qilishdek vazifasi xam borki, u haqda alohida to‘xtalmaslikning iloji yo‘q. 
Ulardan biri, 
eng muhimi sayyoramizda “etosfera” axloqiy davrini yaratish bilan
bog‘liq 
Ma’lumki
, yuzlab asrlar mobaynida inson kichik biologik olam sifatida katta biologik 
olam ichida, uning bir narchasi, jonli organizmlar podshosi, oqil va xukmron qismi sifatida 
yashab keldi. XX asrning oxiridan boshlab, ayniqsa XX asrdi u o‘z tafakkur quvvati bilan, ilmiy-
texnikaviy inqiloblar tufayli ana shu biosfra ichida noosferani-texnikaviy muhitni yaratdi. Mana, 
hozirgi kunda, karang ertalabdan kechgacha biz o‘z texnikaviy kashfiyotlarimiz ichida 
yashaymiz-eymiz, ichamiz, yuramiz, uxlaymiz, ularsiz xatimizni tasavvur qila olmaymiz. Bular 
metro, avtobusm, televozor, radio, telefon, eskalator, pleyr, kompyuter, poezd, tayyora, teploxod, 
gaz plitalari, elektr asboblari, zavrodlar, lokatorlar, kimyoviy dori darmonlar va h.k. Bugun 
video telefonda gaplashar ekanmiz, yuzlab chaqirim naridagi suhbatdoshimizni ko‘rish va u 
bilan gaplashish uchun ot-ulovda yoki piyoda boradigan bo‘lsak necha kunlab yo‘l bosishimiz 
kerakligi haqida o‘ylab o‘tirmaymiz, to‘g‘rirog‘i bu esmizga ham kelmaydi. CHunki texnika 
bizning yashash muhitimizga aylanib qolgan.
Faqat bugina emas. Inson endilikda o‘zi yashayotgan butun boshli sayyoraga ta’sir ko‘rsata 
boshlaydi. Yer tarixida inson birinchi marta ulkan biologik kuch bo‘lib maydonga chiqdi. 
Insoniy tafakkur harakat biosferadagi o‘zgarishlarning asosiy sababiga aylandi. Bu haqda 
neosfera ta’limoti asoschilaridan biri buyuk rus olimi V.I.Vernadskiy shunday degan edi: 
“Bugun geologik davr mobaynida yaratilgan, o‘z muvozanatlarida barqarorlashgan biosfera 
inson ilmiy tafakkuri bosimi ostida tobora kuchliroq va teranroq o‘zgarishga kirishdi... Aftidan 
inson ilmiy tafakkuri harakatining bu tomoni tabiiy hodisa bulsa kerak.. Hozir biz biosferadagi 
yangi geologik evolyusion uzgaripsharni boshdan kechiryapmiz. Biz noosfraga kirib 
boryapmiz”. Ammo noosfera faqat ijobiy emas, balki salbiy hodisa sifatida ham namoyon 
bo‘lmoqda. Atom, vodorod, neytron bombalarining kashf etilishi, yadro kallakli ballistik 
raketalarning yaratilishi ana shunday salbiy hodisalardandir. Bundan tashqari, noosferaning 



Yüklə 5,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   349   350   351   352   353   354   355   356   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin