16-MAVZU. ESTETIKA: ESTETIKANING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI 233
qilib: estetika fani va o‘quv darsi voqelikni estetik mushohada qilish va badiiy ijod
jarayonlarining uzviy mutanosibligini namoyon qiladi va ifodalaydi. Boshqacha qilib aytganda,
estetika – bu nafosat olami, san’at va badiiy ijod jarayonlari qonuniyatlarini his-tuyg‘u, sezish,
idrok qilish vositalari orqali o‘rganadigan va o‘rgatadigan fandir.
Estetika mavzui bilan bevosita aloqador bo‘lgan «estetik mu-nosabatlar», “borliqni
estetik o‘zlashtirish”, “estetik bilish”, “estetik tafakkur”, “estetik faoliyat” kabi o‘zaro yaqin,
ma’nodosh bir qator tushunchalar bor. Ular orasidagi “borliqni estetik o‘zlashtirish” tushunchasi
qolgan «estetik munosabat», «estetik bilish», «estetik tafakkur», «estetik faoliyat»
tushunchalarini ham qamrab oladi. Shu bois estetika fani insoniyat tomonidan borliqni estetik
o‘zlashtirish mohiyati va qonuniyatlarini o‘rganadi, desak to‘g‘riroq bo‘ladi. Borliqni estetik
o‘zlashtirish esa san’atning asosiy mazmunini tashkil etadi. Shu bois estetika fani san’atning
asosiy uslubiy-metodologik zamini bo‘lib xizmat qiladi.
Estetikaning borliqni estetik o‘zlashtirish mohiyati va qonuniyatlari haqidagi fan
sifatidagi o‘ziga xos bir qator fazilatlari ham bor. Estetika fani inson tevarak-atrofidagi moddiy
va ma’naviy boyliklarining barchasini qamrab olishga, inson faoliyatining barcha jabhalaridagi
nafosat olamini san’at barcha turlari vositasida chuqur o‘rganishga da’vat etadi. San’at esa
estetik boyliklarni yaratish manbaidir. San’atni ilmiy jihatdan tahlil va tadqiq etish barobarida
esa estetik faoliyatning barcha ko‘rinishlariga ilmiy jihatdan yondoshish uchun zamin yaratiladi.
SHu bois san’at va badiiy ijodning tabiati va mohiyatini o‘rganish, qonuniyatlarini o‘zlashtirish
go‘zallik nafosat (estetika)ning barcha sifat darajalarini o‘rganish uchun kalit vazifasini o‘taydi.
Bu jabhalarga san’atning umumiy nazariyasi, estetika fanining xususiy-uslubiy asoslariga oid
tadqiqotlar, moddiy boyliklar yaratish estetikasi, muhandislik-loyihachilik faoliyati, ilmiy-
tadqiqot ishlari sohasida estetik jihatlar, tabiat estetikasi, insoniy munosabatlar estetikasi,
kundalik turmush va odob estetikasi kabi bir qancha sohalarni kiritish maqsadga muvofiqdir.
Hozir jahon estetika fanida bu jabhalarning har biri estetika tarkibiga kiruvchi mustaqil maxsus
o‘quv kurslari darajasiga ko‘tarilgan. Estetika fani esa bu maxsus o‘quv kurslarning uslubiy-
metodologik asosini tashkil etadi.
Estetika fani falsafiy bilimlar tizimida o‘ziga xos o‘rin egallaydi. U, eng avvalo, falsafiy
bo‘lib, uning nazariy va uslubiy asoslarini falsafiy tafakkur nazariyasi va tarixi tashkil qiladi.
Masalan, voqelikni estetik va badiiy o‘zlashtirish jarayonlarini o‘rganishda xolislik, tarixiy
yondoshish, bilish jarayonida amaliy tajribaning ahamiyati kabi uslubiy asosni qo‘llash ijobiy
samaralarga olib kelishi mumkin. Bilish nazariyasi vositasida san’atning bilish tabiati,
voqelikning badiiy-ramziy ifodalash bilan ilmiy tadqiq etish o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik va
o‘zaro farqlar, voqelikni badiiy vositalar orqali tasvirlashning ijodiy tabiati, san’at asarlaridagi
shartlilik va badiiy haqiqat kabi estetika fanining juda ko‘p nazariy hamda uslubiy asoslari
muammolarini echish, ularga javob izlab topish mumkin.
Bilish nazariyasining boshqa aqidalari – ijtimoiy ongning nisbiy mustaqilligi, ma’naviy
hayot xilma-xil shakllarining o‘zaro bir-biriga ta’sir o‘tkazishi, iqtisodiy zamin bilan ijtimoiy
ong turli shakllari o‘rtasidagi bilvosita aloqadorlik va bog‘liqlik kabi masalalar ham estetik ong,
badiiy ijod va san’at tabiati hamda xu-susiyatlarini ilmiy tushunishga yordam beradi. Ayni
mahalda estetika fani mustaqil bilim sohasini tashkil etgan holda u falsafaning ravnaq topib
borishiga ham o‘zining hissasini qo‘shadi. Masalan, bilish nazariyasining yanada rivojlanib,
mazmunan boyib borishida badiiy bilish ham muhim o‘rni tutadi. Bilish nazariyasi, badiiy
madaniyat qadriyatlari, voqelikka estetik mu-nosabat, estetik tushunchalar, ayniqsa, ijtimoiy ong,
uning nisbiy mustaqilligi haqidagi fikr-mulohazalar ham ko‘p jihatdan san’at bilan bog‘liqdir.
Estetika fani psixologiya fani bilan ham chambarchas bog‘liq. Buni estetik tafakkur
taraqqiyotining barcha bosqichlarida kuzatamiz. Bu yaqinlikning asosi shundaki, voqelikka
estetik munosabatning barcha tomonlari estetik did yoki estetik his-tuyg‘u, badiiy ijod yoki
badiiy idrok qilish jarayonlarining hammasi ruhiyat mezoni bilan o‘lchanadi. Chunki estetika
muayyan darajada insonning ruhiy, his-tuyg‘u holatini ifodalaydi.
Psixologiya fani estetik munosabatning barcha tomonlarini, jumladan, badiiy ijod va
idrok jarayonlarini amaliy va nazariy jihatdan tadqiq etadi. Ayni mahalda estetika fani inson