17-MAVZU. TABIAT VA TEXNOGEN SIVILIZATSIYA ESTETIKASI 263
nomlangan bobida Sohibqiron Amir Temur bobomizning siymosini har tomonlama to‘liq va
haqqoniy aks ettirish uchun bergan tavsiyalarini alohida qayd etish mumkin. Jumladan, “1993
yili Toshkent shahridagi Amir Temur xiyoboniga o‘rnatiladigan haykalni ilk bor muhokama
qilganimiz esimda, - deb hotirlaydi Prezidentimiz, - Haykaltaroshlar taqdim etgan variantda
Sohibqiron qo‘liga nayza tutgan holda tasvirlangan edi. Men bunga e’tiroz bildirib, «Sohibqiron
bobomiz qo‘lida nayza emas, otning jilovini tutib turgani ma’qul, - degan fikrni bildirdim.
Buning ramziy ma’nosi bor. CHunki, saltanatda nayza ko‘targan odamlar ko‘p bo‘lgan, ammo
jilov Amir Temurning qo‘lida bo‘lgan. Bu mustahkam davlat tizimini qo‘lda mahkam tutib
turishni anglatadi. SHu bilan birga, buyuk ajdodimizning ikkinchi ko‘lini baland ko‘tarib,
dunyodagi barcha insonlarga tinchlik-omonlik, baxtu saodat tilayotgan asnoda aks ettirish
maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Qolaversa, xalqimizda har bir ish bismil-loh aytib, o‘ng qo‘l, o‘ng
oyoqdan boshlanadi. Bu haykadda esa ot nima uchundir chap oyoqdan odim
tashlayapti».Muhokama ishtirokchilari bu fikrga qo‘shilishdi va haykaltaroshlar bildirilgan
fikrlar asosida yangi variantni yaratishdi.”
Ana shunday izlanish va tajribalar asosida keyinchalik Farg‘ona shahrida - Ahmad
Farg‘oniy, Urganchda - Muhammad Muso Xorazmiy va Jaloliddin Manguberdi, Navoiy shahrida
- Alisher Navoiy, poytaxtimizda - G‘afur G‘ulom, Abdulla Qahhor va Zulfiya singari
allomalarimiz, yozuvchi va shoirlarimiz haykallarini, Mustaqillik va Xotira maydonlarida
zamonaviy monumental san’atimizning noyob namunasi sifatida tan olingan Mustaqillik va
ezgulik monumentini, Motamsaro ona haykalini, Termiz shahrida Alpomish, Qarshi shahrida esa
«El-yurt tayanchi» va boshqa o‘nlab monumental san’at asarlari barpo etildi.
Baxshilik san’ati. Odatda baxshilikni estetikada san’at turiga kiritish qabul qilinmagan va
xalq og‘zaki adabiy ijodi sifatida badiiy adabiyotning xili deb hisoblab kelinadi. Aslida “bunday
kamsitish”ning sababi o‘zbek estetikasida shu paytgacha ovro‘paga, to‘g‘rirog‘i, ruslarga
taqlidning nihoyatda kuchli bo‘lganida. SHunday qilib, biz uni to‘laqonli san’at turi deb bilamiz
va buni isbotlashga harakat qilamiz.
Baxshilik san’ati asosan SHarq xalqlarida mavjud, kelib chiqishi qadimgi Hindiston bilan
bog‘liq,
sanskritchadagi
“bhikshu”
(qalandar,
darvesh)
so‘ziga
borib
taqaladi.
Keyinchalik,”baxshi”, “baxsha”, “baxshi”, va boshqa shakllarda SHarq xalqlarining
ko‘pchiligida ustoz, ma’rifatchi degan ma’nolarda qo‘llanilgan. G‘arbda uni faqat qadimgi
yunonlar madaniyatida ko‘rishimiz mumkin.
Xalq dostonlaridagi tasvirlar, majoziylik ko‘p hollarda mubolag‘aga va alliteratsiyaga
asoslanadi, natijada badiiy qiyofa afsonaviylashtirilgan, mo‘‘jizaviylashtirilgan tarzda gavdalan-
tiriladi. Masalan, “Go‘ro‘g‘li” turkumi dostonlaridagi bahodirlardan biri – Hasan Ko‘lbar bir
to‘yning oshini eb to‘ymaydi, murtining ichiga kalamushlar in qurib tashlagan v.h.
Rassomlik san’ati. Bu san’at turi ham qadimdan mavjud, uning dastlabki namunalarini
qadimgi tosh asridagi g‘orlar devoriga ishlangan rasmlarda ko‘rish mumkin. Ularda asosan ov
hayvonlari va inson tasviri berilgan.
Rangtasvir voqelikning san’atkor tanlagan nuqtai nazardan mo‘yqalam va bo‘yoqlar
vositasida muayyan tekis materialga rasm tarzida tushirishdan iborat. Unda rassomning uslubi,
bo‘yoq tanlashdagi mahorati, nur va soyalar o‘yini yangicha kompozitsion yondashuv kabi
san’atkor iste’dodini belgilaydigan jihatlar muhim ahamiyatga ega.
Musiqa san’ati. Agar rassomlik san’atida, deylik uning manzara janridagi Levitanning
mashhur “Qarag‘ayzor” asari ko‘z oldimizda muayyan ma’noda tugallangan rangtasvir sifatida