Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar


II. Mustaqil ta’limning bajarilishi



Yüklə 5,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/452
tarix14.12.2023
ölçüsü5,02 Mb.
#176881
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   452
Seminar mashg\'uloti FALSAFA

II. Mustaqil ta’limning bajarilishi 
Talaba mustaqil ta’limni bajarish jarayonida turli manbalardan axborot yig’ishi va ularni jamlashi, 
yozma ravishda o’zining fikrini bayon etishi, auditoriya oldida o’zining ravon nutqi bilan chiqishi orqali 
nutq madaniyatini shakllantirib boradi, so’z boyligining oshiradi, dunyoqarashi, fikrlashining kengayadi. 
Talaba kutubxonalarda faqat ilmiy adabiyotlar bilan cheklanmasdan, balki O’zbekiston Respublikasi 
OAK jurnallari va matbuot materiallaridan, internet saytlaridan foydalanishni bilishi lozim. 
Referat tayyorlash. 
Talabaga qiyinchilik darajasi uning shaxsiy imkoniyatlari, qobiliyati va 
bilim darajasiga muvofiq bo’lgan biror mavzu bo’yicha referat tayyorlash topshiriladi. Bunda talaba 
asosiy adabiyotlardan tashqari qo’shimcha adabiyotlardan (monografiyalar, ilmiy, uslubiy maqolalar, 
Internetdan olingan ma’lumotlar, elektron kutubxona materiallari va h.k.) foydalanib ma’lumotlar 
yig’adi, tahlil qiladi, tizimga soladi va mavzu bo’yicha imkon darajasida to’liq, keng ma’lumot berishga 
harakat qiladi. Zarur hollarda o’qituvchidan maslahat va ko’rsatmalar oladi. 
Ko’rgazmali vositalar tayyorlash. 
Talabaga muayyan mavzuni bayon qilish va yaxshiroq 
o’zlashtirish uchun yordam beradigan ko’rgazmali materiallar (jadvallar, chizmalar, rasmlar, musiqiy 
asar, kichik badiiy asar va h.k.) tayyorlash topshiriladi. Mavzu o’qituvchi tomonidan aniqlanib, talabaga 
ma’lum ko’rsatmalar, yo’l-yo’riqlar beriladi. Ko’rgazmali vositalarning miqdori, shakli va mazmuni 
talaba tomonidan mustaqil tanlanadi. Bunday vazifani bir mavzu bo’yicha bir necha talabaga topshirish 
ham mumkin. 
Mavzu bo’yicha testlar, munozarali savollar va topshiriqlar tayyorlash. 
Talabaga muayyan 
mavzu bo’yicha testlar, qiyinchilik darajasi har xil bo’lgan masalalar va topshiriqlar, munozaraga asos 
bo’ladigan savollar tuzish topshiriladi. 
Bunda o’qituvchi tomonidan talabaga testga qo’yiladigan talablar va uni tuzish qonun-qoidalari, 
qanday maqsad ko’zda tutilayotganligi, muammoli savollar tuzishda mavzuning munozarali jarayonlarini 
qanday ajratish lozimligi, topshiriqlarni tuzish usullari bo’yicha yo’l-yo’riq beriladi. Maslahat paytlarida 
bajarilgan ishlarning qo’yilgan vazifa va talablarga javob berish darajasi nazorat qilinadi (qayta ishlab 
kelish, aniqlashtirish yoki to’ldirish taklif etilishi mumkin). 

Yüklə 5,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin