Falsafa fanidan nazorat savollari
7
MUSTAQIL TA’LIM MASHG’ULOTLARI
Talaba portfoliosini yaratish bo‘yicha tavsiyalar
326
MUSTAQIL TA’LIM MASHG’ULOTLARI
Talaba portfoliosini yaratish bo‘yicha tavsiyalar
O‘quv portfoliosi
Hozirgi kunda oliy ta’limda foydalanilayotgan talabalar bilimini baholash test reyting
tizimiga asoslangan bo‘lib, talaba bilimini baholashda asosiy hal qiluvchi shaxs fan
o‘qituvchisi hisoblanadi. Albatta reyting tizimining o‘ziga xos ijobiy tomonlari ko‘p. Lekin,
shu bilan bir qatorda kamchiliklardan ham xolis emas. Ushbu kamchiliklarga asosan
quyidagilarni keltirishimiz mumkin:
talaba bilimi, uquvi va malakasi bir tomonlama, ya’ni faqat fan o‘qituvchisi
tomonidan baholanadi;
baholashda talabaning faqat muayyan fan bo‘yicha bilimi hisobga olinadi;
talabaning umumiy va kasbiy nutq madaniyatini shakllanishiga to‘sqinlik qiladi;
bo‘lajak kadrda kasbiy kompetentlikni shakllanganlik darajasini to‘liq aniqlash
imkoniyati cheklangan;
oliy o‘quv yurtidagi o‘quv davri yakuni bo‘yicha aniqlangan umumiy ball ish
beruvchilarga tayyorlangan kadrning sifati to‘g‘risida to‘liq xulosa bermaydi;
talabaning umumiy reyting balini aniqlashda uning boshqa sohalarda erishgan
yutuqlarini hisobga olish imkoniyati kam;
bitiruvchiga tayyor kadr sifatida o‘z-o‘ziga ishonch, o‘z imkoniyatlari, qobiliyatlari
va kasbiy kompetentlikga tayyorligi to‘g‘risida o‘zi xulosa chiqarishiga asos yaratmaydi;
talabada refleksiya qobiliyatini hosil bo‘lishiga to‘liq sharoit yaratmaydi.
Yuqoridagilarni hisobga olgan holda, xalqaro ta’lim tizimidagi innovatsion o‘zgarishlar,
rivojlangan davlatlar ta’lim tizimidagi ijobiy, zamonaviy pedagogik texnologiyalarga
tayangan holda talabalarda umummadaniy, umumkasbiy va kasbiy kompetentlikni
shakllantirishga yo‘naltirilgan o‘quv, o‘quv- uslubiy, ilmiy va o‘qishdan tashqari faoliyat
natijalarini to‘g‘ri baholashga yo‘naltirilgan nazorat qilish va baholashning innovatsion
shakllaridan foydalanish «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablari asosida raqobatbardosh
kadrlar tayyorlash maqsadiga muvofiq hisoblanadi.
Talabaning oliy o‘quv yurtidagi barcha turdagi faoliyatlarini nazorat qilish va
baholashning innovatsion texnologiyalaridan biri sifatida «Talaba portfoliosi» etakchi o‘rin
egallaydi. Ushbu texnologiya ayniqsa rivojlangan g‘arb davlatlari oliy ta’lim tizimida keyingi
yillarda keng qo‘llanilmoqda. Rossiyada esa 2003 yildan e’tiboran ta’lim tizimining barcha
bosqichlarida, jumladan boshlang‘ich ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, kasbiy ta’lim va oliy
ta’limda joriy etilgan.
|