Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


Hududlar kesimida aksiyadorlik jamiyatlarining soni va ular



Yüklə 15,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/186
tarix14.12.2023
ölçüsü15,56 Kb.
#176885
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   186
Дарслик Korporativ moliya (2)

Hududlar kesimida aksiyadorlik jamiyatlarining soni va ular 
tomonidan muomalaga chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar
10
 
 
№ 
Hududlar 
Aksiyadorlik 
jamiyatlari 
Chiqarilgan qimmatli 
qog‘ozlar hajmi 
Soni 
 
Jamiga 
nisbatan 
foizda 
Milliard 
so‘mda 
Jamiga 
nisbatan 
foizda 

Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi 
22 
3,34 
70,6 
0,2 
2 Andijon 
43 
6,53 
662,9 
2,2 
3 Buxoro 
38 
5,77 
124,1 
0,4 
9
O‘zbekiston Respublikasi “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni, 3-modda. 
10
Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi ma’lumotlari asosida tuzildi. 



38 - 
4 Jizzax 
18 
2,73 
306,8 
1,0 
5 Qashqadaryo 
47 
7,13 
181,5 
0,6 
6 Navoiy 
22 
3,34 
833,5 
2,7 
7 Namangan 
29 
4,40 
151,4 
0,5 
8 Samarqand 
32 
4,86 
90,8 
0,3 
9 Surxondaryo 
23 
3,49 
54,4 
0,2 
10 Sirdaryo 
17 
2,58 
172,2 
0,6 
11 Toshkent viloyati. 
49 
7,44 
1110,5 
3,6 
12 Farg‘ona 
46 
6,98 
435,8 
1,4 
13 Xorazm 
29 
4,40 
79,9 
0,3 
14 Toshkent shahri 
244 
37,03 
26189,3 
86,0 
JAMI 
659 
100,0 
30463,5 
100,0 
Yuqoridagi jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, faoliyat 
ko‘rsatayotgan aksiyadorlik jamiyatlarining 244 tasi, ya’ni 37 foizi 
Toshkent shahrida joylashgan bo‘lib, ular tomonidan 26189,3 milliard 
so‘mlik, ya’ni jamiga nisbatan 86 foiz qimmatli qog‘ozlar chiqarilgan. 
Bu borada eng past ko‘rsatkich Surxondaryo viloyatiga to‘g‘ri keladi. 
Korporativ tuzilmalar kapital jalb qilish nuqtai nazaridan 
inves-
titsiya institutlari
, xususan investitsiya va pay fondlari bilan munosa-
batlarga kirishadi. Bunda “investorlarning pul mablag‘larini jalb etish 
va ularni investitsiya aktivlariga qo‘yish maqsadida aksiyalar 
chiqarishni amalga oshiruvchi yuridik shaxs – aksiyadorlik jamiyati 
investitsiya fondidir”.
11
Keltirilayotgan ta’rifdan ham ko‘rishimiz 
mumkinki, investitsiya fondlari bevosita qimmatli qog‘ozlar bozorida 
faoliyat ko‘rsatadi va korporativ qimmatli qog‘ozlar bilan ham 
operatsiyalarga kirishadi. 
Milliy qonunchiligimizga ko‘ra, “aksiyadorlik jamiyatlari, 
banklar va boshqa kredit tashkilotlari, sug‘urta tashkilotlari, 
investitsiya fondlari hamda yuridik va jismoniy shaxslarning 
mablag‘larini jamlab turuvchi boshqa fondlar hamda ularning 
investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilar, manbalari yuridik 
va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy badallari bo‘lmish xayriya fondlari 
va boshqa ijtimoiy fondlar, mablag‘larining hosil bo‘lish manbalari 
11
O‘zbekiston Respublikasi “Investitsiya va pay fondlari to‘g‘risida”gi Qonuni, 3-modda. 



39 - 
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan, yuridik va jismoniy shaxslar 
tomonidan qilinadigan majburiy ajratmalar bo‘lmish byudjetdan 
tashqari fondlar, ustav fondida davlatga tegishli ulush bo‘lgan xo‘jalik 
yurituvchi subyektlar va davlat unitar korxonalari, fond va tovar 
birjalari har yili majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tishi kerak”.
12
Shuningdek, qonunchilikda belgilangan tartibda ixtiyoriylik asosida 
ham auditorlik tekshiruvi jalb qilinishi mumkin. Bundan ko‘rinib 
turibdiki, korporativ tuzilmalar o‘z faoliyati davomida auditorlik 
tashkilotlari bilan moliyaviy munosabatlarga kirishishga majbur. 
Ayrim moliyaviy qarorlarni qabul qilishda auditorlik xulosasi talab 
etilishi ham korporativ tuzilmalar va auditorlik tashkilotlarining 
o‘zaro hamkorligiga xizmat qiladi.
Xaridorlar va mol yetkazib beruvchilar bilan moliyaviy munosa-
batlar o‘z-o‘zidan muntazam amalga oshirib borilishi bilan xarakterli. 
Chunki belgilab olingan faoliyatni amalga oshirish orqali qo‘yilgan 
maqsadga erishish, ya’ni foydani maksimallashtirish uchun xaridorlar 
va mol yetkazib beruvchilar bilan moliyaviy munosabatlar tashkil 
etilishi talab etiladi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida aktivlar bahosi bevosita talab va 
taklif asosida shakllanadi. Shuningdek, ma’lum bir holatlarda 
aktivlarning bozor bahosini aniqlash baholash tashkilotlari tomonidan 
amalga oshiriladi. Korporativ tuzilmalar o‘z faoliyatlari davomida 
ma’lum bir moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish uchun baholash 
tashkilotlari 
xizmatlaridan 
foydalanishlariga 
to‘g‘ri 
keladi. 
Qo‘shimcha ravishda qonunchilik talablari asosida baholash 
tashkilotlari xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha majburiy holatlar ham 
mavjud. “Garov to‘g‘risida”gi Qonunga ko‘ra, “Garov narsasini 
baholash garovga qo‘yuvchi bilan garovga oluvchi o‘rtasidagi 
kelishuvga ko‘ra yoki baholash faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari 
talablariga muvofiq garov narsasini baholashdan o‘tkazish orqali 
amalga oshiriladi”.
13
Baholash to‘g‘risidagi qonunchilikka ko‘ra, 
“Baholashni o‘tkazishni davlatga to‘la yoki umumiy mulk huquqida 
12
O‘zbekiston Respublikasi “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni, 10-modda.
13
O‘zbekiston Respublikasi “Garov to‘g‘risida”gi Qonuni, 10-modda. 



40 - 
qisman qarashli baholash obyektlari bitim tuzishga jalb etilgan 
taqdirda, shu jumladan: baholash obyektlarini davlat tasarrufidan 
chiqarish, xususiylashtirish, ishonchli boshqaruvga topshirish yoki 
ijaraga berish maqsadida ularning qiymati aniqlanayotganda; baholash 
obyektlaridan garov narsasi sifatida foydalanayotganda; baholash 
obyektlari sotilayotganda yoki o‘zga shaxsga boshqacha tarzda 
o‘tkazilayotganda; baholash obyektlari bilan bog‘liq qarz 
majburiyatlaridan boshqaning foydasiga voz kechilayotganda; 
baholash obyektlari yuridik shaxslarning ustav fondlariga ulush 
tariqasida berilayotganda majburiydir. 
Baholash o‘tkazish baholash obyektining qiymati to‘g‘risida nizo 
chiqqan taqdirda ham, shu jumladan, mol-mulk natsionalizatsiya 
qilinayotganda; ipoteka krediti berilayotganda; taraflardan birining 
talabiga binoan er-xotinning mol-mulki bo‘linayotganda; mol-mulk 
mulkdorlaridan davlat ehtiyojlari uchun sotib olinayotgan yoki qonun 
hujjatlarida nazarda tutilgan boshqacha tarzda olib qo‘yilayotganda; 
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘g‘ri to‘lanishi ustidan nazorat 
o‘tkazilayotganda majburiydir”
14
, deb belgilab qo‘yilgan.
Yuqoridagilar asosida ta’kidlash mumkinki, korporativ tuzilmalar 
bank kreditlarini jalb qilish jarayonida garov ta’minotini baholash 
yuzasidan baholovchilarga bevosita murojaat qiladi. Umuman baho-
lovchilar faoliyati nafaqat garovni baholash, balki qimmatli 
qog‘ozlarni baholash, biznesni baholash va hokazolarda ham namoyon 
bo‘ladi. 
Lizing kompaniyalari bilan moliyaviy munosabatlarning tashkil 
etilishi natijasida korporativ tuzilmalar o‘z faoliyatlariga yangi 
texnologiyalar, asosiy vositalar jalb qilishlari mumkin. Korporativ 
tuzilmalarning asosiy vositalar sotib olish imkoniyati cheklangan sha-
roitda lizing xizmatlaridan foydalanish nisbatan samarali bo‘lishi 
mumkin. 
Soliq 
maslahatchilari 
bilan 
munosabatlarda 
esa 
soliq 
imtiyozlaridan samarali foydalanish, soliqlarni rejalashtirish, soliq 
14
O‘zbekiston Respublikasi “Baholash faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni, 11-modda. 



41 - 
xatoliklarini bartaraf etish va hokazolarga e’tibor qaratiladi. Bu haqda 
to‘rtinchi bobda atroflicha to‘xtalib o‘tamiz.
Shuningdek, korporativ tuzilmalar konsalting firmalari, yuridik 
xizmatlar ko‘rsatuvchi subyektlar, ilmiy tadqiqot muassasalari, birjalar 
va boshqa ijtimoiy hamda bozor infratuzilmalari subyektlari bilan ham 
moliyaviy munosabatlarga kirishishlari mumkin. 

Yüklə 15,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin