211
Mijozlarga xizmat ko‘rsatish
Mijozlarga bankning barcha xizmatlar majmuasi faqat Front-ofis bo‘limida
ko‘rsatilganligi bois, mazkur bo‘lim bank xizmatlarining
barcha turlarini yaxshi
biladigan malakali mutaxassislardan tashkil etilishi shart. Bunda, shart-sharoitlar
va bank tomonidan mijozlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar ro‘yxati e’lon qilinishi
hamda mazkur xizmatlardan bankning mavjud va bo‘lg‘usi
mijozlari xabardor
qilinishi shart. Xizmat ko‘rsatish jarayonida nostandart - ko‘zda tutilmagan holatlar
kelib chiqishi ehtimoli mavjudligini inobatga olgan holda, aniq xizmatlar turi
(misol uchun, eksport yoki import shartnomalarini ro‘yxatga olish va hisobi)
bo‘yicha paydo bo‘lgan savollarni joyida hal qiluvchi
va tegishli operatsiyalarni
butunlay nazorat qilish salohiyatiga ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislar
bilan jamlangan bo‘lishi kerak.
Shundan kelib chiqqan holda, operatsiyalarni amalga oshirishda mas’ul
ijrochi bilishi lozim bo‘lgan qonunchilik doirasi qanchalik kichik bo‘lsa, uning ishi
tez va sifatli bo‘ladi.
Shuning uchun, Front-ofis mas’ul ijrochilari o‘rtasida
mijozlarni taqsimlashda, bir mas’ul ijrochida bir toifali mijozlar bo‘lishi maqsadga
muvofiqdir. Bunda, mijozning mavjud barcha hisobvaraqlariga bir mas’ul ijrochi
tomonidan xizmat ko‘rsatilishi shart.
Front-ofis xodimlarini mijozlarning jismoniy va yuridik shaxslar toifasi
bo‘yicha guruhlash lozim. Qonunchilik bazasi turli (yoki bir) xilligiga bog‘liq
holda, yuqorida qayd etib o‘tilgan mijozlarni yanada kichik bo‘lgan
quyidagi
turlarga bo‘lish mumkin:
-
faqat milliy valyutada operatsiyalarni amalga oshiradigan mijozlar;
-
milliy va chet el valyutasida operatsiyalarni amalga oshiradigan mijozlar.
-
Turli qonunchilik ta’sir doirasida bo‘lgan mijozlarning quyidagi toifalari
bo‘yicha guruhlarga bo‘lish tavsiya etiladi:
-
Korxona va tashkilotlar:
212
-
o‘z faoliyatini mamlakat doirasida va xorijda amalga oshiradigan har qanday
tashkilotlar, shuningdek, chet el vakolatxonalari, yoki milliy va chet el valyutasida
hisobvaraqlari mavjud bo‘lgan har qanday tashkilotlar;
-
o‘z faoliyatini faqatgina mamlakat doirasida
amalga oshiruvchi yirik
(korporativ) mijozlar;
-
kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlari hamda boshqa tashkilotlar,
shuningdek, yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar.
-
Jismoniy shaxslar:
-
milliy va chet el valyutasida hisobvaraqlari mavjud bo‘lgan
jismoniy
shaxslar;
-
faqat milliy valyutada hisobvaraqlari mavjud bo‘lgan jismoniy shaxslar.
Bankning Front-ofis bo‘limidagi har bir guruh mutaxassisi mijozlarga
ko‘rsatiladigan to‘liq standart xizmatlar ro‘yxatini ularga taqdim etadi.
Xodimlar guruhi tomonidan mijozlarga ko‘p operatsiyalar turi bo‘yicha
xizmat ko‘rsatilsa, mazkur guruhga kamroq mijoz taqsimlanishi lozim. Chunki,
ko‘p turli operatsiyalar bajaruvchi mijozning bitta tashrifi bo‘yicha unga xizmat
ko‘rsatish bank xodimining ko‘p vaqtini egallaydi.
Dostları ilə paylaş: