O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti asqarova dilorom qurbonovna


Katta maktab yoshidagi bolalarda vaqtni his qilishning rivojlanishi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/87
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#177243
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   87
Математик тасаввурларни шакллантириш (1)

Katta maktab yoshidagi bolalarda vaqtni his qilishning rivojlanishi. 
Insonnig kundalik ish faoliyatida vaqt juda muhim o‘rin tutadi. Har bir kishi 
vaqtiga qarab o‘z ish faoliyatini rejalashtiradi, boshlaydi, harakatlarini tezlashtiradi 
yoki sekinlashtiradi, vaqtga moslashishga harakat qiladi. Vaqtni sezish insonni 
vaqtini tejashga, undan unumli foydalanishga harakat qilishga undaydi. Vaqt 
o‘quvchining o‘quv hayotida boshqaruvchanlik rolini o‘taydi. B.G.Ananeva 
rahbarligida psixologik-pedagogik tekshirishlar o‘tkazilib, unda bolalarning aqliy 
taraqqiyoti o‘quv yili jarayonida kuzatiladi. Bu tekshirish shuni ko‘rsatadiki, 
bolalarning har birida vaqtga moslashish, bilimlarni o‘zlashtirishning vaqtga 
bog‘liqligi, qobiliyatlarining rivojlanishi ko‘rinadi. Maktabga kelgan ko‘pchilik 
bolalarda vaqtni o‘zlashtirmaganlik bir qancha qo‘shimcha qiyinchiliklarni 
tug‘diradi. Birinchi sinf o‘quvchilari darsga kechikmasliklari, o‘z vaqtida uyiga 
berilgan topshiriqlarni bajarib borishlari kerak, bularning hammasiga ulgurishlari 
kerak. Bu talablarning hammasiga to‘liq javob berish uchun bolalarni bog‘cha 
yoshidan tarbiyalangan va tayyorlangan bo‘lishi kerak. Kuzatuvlar shuni 
ko‘rsatadiki, katta maktab yoshidagi bolalar vaqt intervallari, vaqt qismlarini, o‘z 
harakatlari bilan bog‘liq holda olib bora oladilar. Ular o‘zlari mustaqil vaqt 
oraliqlarini baholay oladilar. O‘z harakatlarini ma’lum harakatda boshlab, ma’lum 
vaqtda tugata oladilar. Vaqtni bilishning eng muhim omillari:


118 
1. Bola qaysi vaqt haqida gap ketayotganini, mustaqil vaqt oralig‘ini bilishi, 
vaqt haqida, soatdan foydalanishni bilishi kerak.
2. Bolalarning turli harakatlarida ularga ma’lum vaqt bo‘laklari haqida, 
berilgan topshiriqni ma’lum vaqtda bajarishga ulgurish mumkinligini tushuntirish.
Bolalarda soatga qaramasdan o‘z sezgilariga qarab vaqtni sezish
rivojlanadi. Kattalar bu malakalarning o‘zlashtirilishida yordam berdilar. Katta va 
tayyorlov guruh bolalari bilan vaqtni sezishni 1,3,5,10 daqiqa oraliqlari bilan 
tanishtirishdan boshlaymiz, 1 daqiqa bu birinchi vaqt boshlanish haqidagi birlik 
hisoblanadi. Hayotda ko‘pincha «bir daqiqaga», «bir daqiqadan so‘ng», «bir 
daqiqa kutib turing» kabi iboralar tez-tez ishlatilib turiladi. Bunda ishni uyushtirish 
va metodika ishlari quyidagicha bo‘ladi:
1. Bolalarni 1,3,5 va 10 daqiqa o‘tishi bilan tanishtirish bunda sekundomer, 
qum soatlardan foydalaniladi.
2. Bu vaqtlarning o‘tishini turli harakatlarga bog‘liq holda o‘tkazish.
3. Bolalarni ko‘rsatilgan, belgilangan vaqtacha berilgan topshiriqlarni 
bajarishga o‘rgatish.
Ishlar bir necha bosqichda o‘tkaziladi:
1-bosqichda belgilangan vaqt ichida berilgan topshiriqni bajarish, bunda 
qum soatlarda bajariladi. Tarbiyachi doimo bolalarga baho berib boradi, ularning 
o‘zlashtirishlariga qarab, baholanadi.
2-bosqichda vaqtning o‘tish oraliqlarini baholash, tarbiyachi bunda ham 
baholab boradi.
3-bosqichda oldindan vaqt oraliqlarini, uning o‘tishlarini rejalashtirish. 
Bunda ham qum soatlaridan foydalaniladi.
4-bosqichda esa vaqtni baholash, uning davomiyligini hayot bilan bog‘liq 
holda olib borishni o‘rgatish.
Dastur materiali quyidagi mashg‘ulotni o‘z ichiga olib, quyidagi topshiriqlar 
qo‘yiladi:
1.Bolalarni 1 daqiqa o‘tish davomi bilan tanishtirish.


119 
2.Turli ish faoliyatlari davomida qum soati bilan vaqt o‘tishini nazorat 
qilish.
3. Berilgan topshiriqni o‘z vaqtida bajarish ko‘nikmasini hosil qilish. 
Masalan:
 
Eksperiment uchun tayyorlov guruhiga matematika ta’limiy faoliyatida 
tarbiyachi «Bilmasvoy»ni olib kiradi va unga yordam berishni bolalarga aytadi. 
«Bilmasvoy» birinchi marta maktabga keldi. Tarbiyachi undan so‘radi: “Hafta 
kunlarini tartib bilan ayta olasanmi? U kulib yubordi va «Avval yakshanba — dam 
olish kuni, keyin – chorshanba, keyin shanba – o‘ynash kerak – Mana bo‘ldi!”
Sizlar nima deb o‘ylaysizlar, savollarga to‘g‘ri javob berdimi? Xuddi 
shunday asosda bolalar Bilmasvoyning oylar, yil fasllari nomini aytishdagi 
xatolarini tuzatadilar. Ta’limiy faoliyat yakunida bolalar «Bilmasvoy»ga hafta 
kunlarining oylar va yil fasllarining ketma-ketligini aks ettirgan xat yozadilar.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin