152
joylashgan Association for Media Literacy (Media Savodxonlik Uyushmasi)
(AML) tashkil etilishi bilan bog‘liq. O‘sha vaqtgacha ommaviy axborot
vositalarida o‘qitish odatda individual tarzda amalga oshirilgan. 1987-yilda
Ontario Media Savodxonligi Assotsiatsiyasidan (AML) bir guruh o‘qituvchilar
Ontario hukumati uchun Media savodxonlikning asosiy
tushunchalarini ishlab
chiqdilar. O‘sha paytda media savodxonlik 8-13-sinflar uchun ingliz tili o‘quv
dasturining bir qismi sifatida belgilab qo‘yilgan edi. Tadqiqotchilar bir necha oy
davomida ishlab, Avstraliya va Buyuk Britaniyadagi turli manbalardan olingan
asosiy tushunchalarni, xususan, Len Masterman va kanadaliklarni ham g‘oyalarini
qo‘shishdi. Ushbu loyihada faol ishtirok etgan kanadaliklardan biri Jon
Pungente bo‘lib, keyinchalik u o‘zining “More Than Meets the Eye: Watching
Television Watching Us” asarida ham media savodxonlik
konsepsiyalarini bayon
etadi.
Kanada Shimoliy Amerikada birinchi bo‘lib maktab o‘quv dasturida media
savodxonlikni targ‘ib qildi. Har bir viloyat o‘z o‘quv dasturida ommaviy axborot
vositalarini majburiy ravishda belgilab qo‘ydilar. Masalan, Kvebekning yangi
o‘quv dasturi 1-sinfdan o‘rta maktabning so‘nggi yiligacha Media savodxonlikni
qamrab oladi. Kanadada media-taʼlimning boshlanishi ikki sababga ko‘ra
yuzaga
keldi. Buning bir sababi Amerika ommaviy madaniyatining keng tarqalishi
haqidagi xavotir bo‘lsa, ikkinchisi yangi taʼlim paradigmalari uchun kontekstning
taʼlim tizimiga bog‘liqligi edi. Kanadalik olim Marshall Makluan 1950-1960-
yillarda media savodxonlik bo‘yicha Shimoliy Amerika taʼlim harakatini yaratdi.
Yevropada o‘tkazilgan taʼlim islohotlari negizida media savodxonlikni oshirishda
katta
yutuqlarga
erishildi.
Birlashgan
Qiro‘llikda Aloqa
agentligi media
savodxonlikni oshirish bo‘yicha yirik siyosiy tashabbusni amalga oshirdi.
Raqamli, madaniyat, media va sport departamenti (DCMS) ham 2021-yildan
boshlab britaniyalik bolalar orasida media savodxonlikni oshirish strategiyasini
boshladi. Strategiyaning maqsadi: yosh avlodni noto‘g‘ri maʼlumotni
aniqlashga
o‘rgatish. Natijalar esa quyidagicha bo‘ldi:
Bolalarning faqat 2 % noto‘g‘ri maʼlumotni aniqlash uchun zarur bo‘lgan
ko‘nikmalarga ega.
O‘qituvchilarning yarmi (53,5 %) milliy o‘quv dasturi bolalarga soxta
yangiliklarni aniqlash uchun zarur bo‘lgan savodxonlik ko‘nikmalarini bermaydi
deb hisoblaydi.
5 ta ota-onaning 2 tasi (39 %) hech qachon uyda bolasi bilan yangiliklarni
tomosha qilmaydi, tinglamaydi yoki o‘qimaydi.
Yevropa komissiyasi tomonidan media savodxonligini
oshirish va axborot
almashishni rivojlantirishga yordam berish uchun stipendiyalar ham joriy qilingan.
Dostları ilə paylaş: