kabi turilarga bo‘linadi. Mazkur klassifikatsiya quyidagilarni
nazarda tutadi:
Tovarlar yetkazib berish uchun savdolar
— davlat va xususiy
sektor uchun sanoat va boshqa tovar mahsulotlarini xarid etishda
ishlatiladi. Savdo predmeti asbob-uskunalarni ishlab chiqish,
tayyorlash, yetkazib berish,
montaj va uni ishga tushirish,
shuningdek yetkazib berilgan tovarlami keyingi ekspluatasiyasi
bilan bog‘liq qo‘shimcha vazifalar, masalan, texnik xizmat
ko‘rsatish, remont, personalni o ‘qitish va sotuvdan keyingi
xarajatlar. Bunda, savdo ishtirokchilari —
buyurtmachi va mol
yetkazib beruvchidan iborat.
Bajariladigan ishlar uchun savdolar —
pudrat savdolari sifatida
ma’lum bo‘lib, qurilish va qurilish-montaj ishlarini bajarishda
pudratchilarni yollash hamda kerakli xizmatlarni bajarish,
masalan, kafolat muddati davomida obyektni ta’mirlab borish,
personalni ekspluatasiya xizmatlariga o‘qitish va boshqalardan
iborat. Savdo ishtirokchilari — buyurtmachi va pudratchilardan
iborat.
Xizmatlar ко ‘rsatish uchun savdolar—
texnik-iqtisodiy, ekologik
va turli
ekspertiza, loyiha ishlari, qurilish loyihalari, ishlarni sifatini
nazorat etish, ma’lum tadqiqotlami amalga oshirish kabilar uchun
injener, yuridik, m oliya-iqtisodiy va boshqa xizm atlarga
yo‘naltirilgan boladi. Savdo ishtirokchilari — buyurtmachi va
maslahatchilardan iborat.
Yuqoridagilardan ko‘rinib
turibdiki, savdolar turli xil tusga
ega. Sanab o‘tilgan savdolar uchun, dunyo amaliyotida o‘ziga xos
tender va shartnoma hujjatlari mavjud bolib, uning tarldbi va
m a’nosi, yirik xalqaro mohya tashkilotlari (Jahon banki, Yevropa
tiklanish
va taraqqiyot banki, Yevropa hamjamiyati komissiyasi,
Osiyo taraqqiyot banki va hakozolar) tomonidan ishlab chiqilgan
yo‘riqnomalar, har bir mamlakatning milliy qonunchiligi, me’yoriy
va uslubiy ko£rsatmalari bilan muvofiqlashgan.
Xomashyo, materiallar, butlovchi
qismlar va jihozlarni sotib
olish yuzasidan tender savdolarini o‘tkazish to£g‘risidagi Nizom
(21.11.2000-yil 456-sonli Qarori bilan tasdiqlangan) davlat
byudjeti, davlatning byudjetdan tashqari maqsadli fondlari
50
mablag'lari, Hukumat kafolati bo'yicha olingan xorijiy kreditlar,
Jahon
banki guruhi, ETTB, OTB, Xalqaro hamkorlik: Yapon
banki, «KFW« banki kabi xalqaro va xorijiy moliya institutlari
tomonidan taqdim etilgan xorijiy grantlar mablag'lari evaziga
import qilingan, yoki O'zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan
xomashyolar, materiallar, butlovchi
qismlar va jihozlarni sotib
olish bo'yicha tender savdolarini tashkil qilish mexanizmini belgilab
beradi.
Dostları ilə paylaş: