U burxanov, T. Atam uradov davlat xaridi


Xalqaro moliya institutlari tajribasi



Yüklə 317,54 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/93
tarix14.12.2023
ölçüsü317,54 Kb.
#177369
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   93
Davlat xaridi. Burxanov U. Atamuradpv T

Xalqaro moliya institutlari tajribasi. 
Asosiy faoliyat maqsadi 
dunyoning turli mamlakatlarida iqtisodiyotning ma’lum sohalarini 
rivojlantirish hisoblanadigan yirik notijorat tashkilotlar — Xalqaro 
moliya institutlarining (XMI) jamiyat mablag‘lari hisobidan xaridni 
amalga oshirish tajribasini o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi. 
XMIlari yirik miqdordagi mablaglami to‘playdi (badalUk yig‘imi 
sifatida ishtirokchilardan olingan, shuningdek, tijorat asosida kredit 
taqdim etish orqali to‘plangan) va yirik tijorat hamda notijorat 
tusdagi loyihalami amalga oshiradi.
Loyihalar XMIlari mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilar 
ekan, ushbu mablag'lardan foydalanish hamda xaridni amalga 
oshirish tartibi XMI tomonidan o‘matiladi.
XMIlari tomonidan kredit resruslarini taqdim etish shart- 
nomalarida ushbu qoida amal qiladi. Chunki, bunday shart­
nomalar xalqaro maqomga ega, davlat ehtiyojlari uchun xaridni 
amalga oshirishda milliy qoidalar emas, balki XMI qoidalari 
amal qiladi.
Eng mashhur XMIlar sifatida quyidagilarni sanab o ‘tish 
mumkin:
— Jahon banki (JB), o‘z ichiga Xalqaro rivojlanish va taraqqiyot 
bankini (XRTB), Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasini (XRA) va 
boshqa qator tuzilmalami o‘z ichiga oladi;
— Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (ETTB);
— Osiyo qit’asida ro‘yxatdan o‘tgan mol yetkazib beruvchilar 
uchun Osiyo tiklanish va taraqqiyot banki (OTTB);
— turli xil fondlar (Know-How Foundation, USAID) va 
boshqa tashkilotlar.
Har qanday loyihani amalga oshirishda erkin bozordan xarid 
qilinadigan tovarlar va xizmatlarga ehtiyoj seziladi.
93


Masalan, ofis ishini tashkil etish uchun kompyuterga, shahar 
suv ta’minoti tizimini modemizasiya qilish uchun yangi nasoslarga, 
qurilish ishida injener xizmatiga ehtiyoj seziladi.
Jahon banki tomonidan moliyalashtiriladigan tovarlar va 
xizmatlar xaridini amalga oshirish qoidalari «ХТТА qarzlari va 
XRA kreditlari hisobidan xaridni amalga oshirish bo‘yicha 
Qo‘llanma» keltirilgan va quyidagi usullarni nazarda tutadi:
— xalqaro tanlov savdosi;
— milliy tanlov savdosi;
— xalqaro yopiq savdolar;
— yagona manbadan xarid qilish.
Qo'llanmada har bir jarayonni amalga oshirish muddatlari aniq 
ko'rsatilgan, har qanday vaziyatlarda harakatlar ketma-ketligi, 
tomonlarning huquq va majburiyatlari, shuningdek, xaridning 
murakkab tori sifatida, xalqaro tanlov savdolarini amalga oshirish 
aniq yoritilgan.
Xaridni amalga oshirish uchun XMIlar tomonidan qo‘lla- 
niladigan usullar, shuningdek, loyihalarni amalga oshirishda 
qo‘llaniladigan qoidalar, jarayonlar ko‘p jihatdan yuqorida ko‘rib 
o'tilgan YuNSITRALning «Tovarlar va xizmatlar xaridi to‘g‘ri- 
sida»gi namunaviy qonuni bilan o ‘xshashlikka ega.
Shunday qilib, xalqaro hamjamiyat yetkazib berilgan tovarlar 
va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun jamiyat mablag'larini, soliq 
tolovchilar mablag‘lari bo‘ladimi (rivojlangan mamlakatlarda 
davlat xaridi u c h u n ) yoki X M Ilari ish tiro k c h ila rin in g
mablag'larini (Jahon banki, ETTB loyihalari uchun xarid), uni 
sarflashda shartnom a tuzishning tanlov texnologiyalaridan 
foydalanmoqda.
Umuman, raqobat asosida tashkil etilgan xarid sotib olingan 
tovarlar va xizmatlarga xarajatlarni qisqartirishga, xarajatlarni 
amalga oshirish samarasini ta ’minlaydi va davlat mablag'lari 
hisobidan buyurtmalarni joylashtirishda korrupsiya darajasini 
tushirishga yordam beradi.

Yüklə 317,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin