IV -QISM
GEOGRAFIYA TA’LIMINI TASHKIL ETISH SHAKLLARI
Geografiya ta’limining tashkil etish shakllari geografiya darsi,
amaliy
va mustaqil ishlar, geografiya maydonchasida
olib boriladigan ishlar,
fakultativ mashg’ulotlar, uyda vazifalarni bajarish, geografik to’garaklar,
olimpiadalar, geografik kechalar, o’quv ekskursiyalari kiradi.
14 -BOB. GEOGRAFIYA DARSI VA UNGA QO’YILADIGAN
TALABLAR
14.1 Darsning ta’limiy va tarbiyaviy maqsadlarini ishlab chiqish.
O’quvchilarga bilim berish va ularni tarbiyalash
dars jarayonida olib
boriladi. Shuning uchun dars geografiya ta’limining eng asosiy va
markaziy qismi hisoblanadi. Dars jarayonida o’qituvchi
darsga ajratilgan
aniq vaqt davomida belgilangan ta’limiy va tarbiyaviy maqsadlarni amalga
oshirishadi. Har bir darsni maqsadi aniq ifodalangan bo’ladi. Dars
jarayonida o’quvchilar ko’zda tutilgan bilim va ko’nikmalarni samarali
bilish uchun geografiya darslariga qator talablar qo’yilgan. Ular
quyidagilardan iborat: darsning ta’limiy va tarbiyavty
maqsadlarini aniq
ishlab chiqish; darsning mazmunini ilmiyligiga erishish; dars o’quvchilarni
kasbga yo’naltirishi lozim; tanlangan o’qitish metodi dars mazmuniga mos
kelmog’i lozim; geografiya darslarida predmetlararo aloqalar o’rnatilishi
lozim; har bir dars ekologik yo’nalishga ega bo’lmog’i lozim; har bir
geografiya darsida o’lkashunoslik ta’moyillari hisobga olinmog’i zarur.
Dostları ilə paylaş: