SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1.O’qitish metodi deb nimaga aytiladi?
2.O’qitish metodlarini dastlab kim sinflashtirgan?
3.Analitik va sintetik metodlarni farqi nimada?
4.Konstruktiv metod haqida so’zlab bering.
5. 1934 yil geografiya ta’limi haqida qanday davlat qarori qabul qilindi?
6. A.A.Polovinkin va V.P.Budanovlar qanday darsliklar yozgan?
7.O’zbekistonda geografiya o’qitish metodikasi bo’yicha
kim tomonidan
darslik yozilgan?
8.O’qitish metodlari ko’pincha nimaga asoslanib sinflashtirilgan?
9.Hozirgi paytda o’qitish metodlari qanday tamoil asosida sinflashtiriladi?
10.Didaktik maqsadlarga ko’ra o’qitish metodlari qanday guruhlarga
bo’linadi?
4.2.Geografiya darslarida o’qitish metodlarini tanlash texnologiyasi.
Geografiya darslarida o’qitish metodlarini tanlash o’ta muhim
vazifalardan biri hisoblanadi. Agar tegishli metod noto’g’ri tanlangan
bo’lsa o’qituvchi va o’quvchining birgalikdagi faoliyati samarasiz bo’lib
qoladi. Shuning uchun o’qitish metodlarini tanlash ma’lum
bir tamoillar
asosida olib borilmog’i lozim. Ular quyidagilardan iborat.
«Tanlangan metod» o’tiladigan mavzuning mazmuniga mos bo’lishi
lozim. Bu metodni samaradorligini birinchi va muhim sharti hisoblanadi.
Ko’p xollarda bir xil mazmundagi dars o’tish uchun yagona bitta metodni
qo’llash ko’p xollarda samara bermaydi. Shuning uchun o’qituvchilarni va
o’quvchilarni faoliyatiga mos keladigan metodlarni tanlash lozim. Bunda
o’quvchilarni bilish imkoniyatlari, ular amalga
oshiradigan faoliyatning
murakkablik darajasi, vaqt omili va geografiya kabinetida zarur bilim
manbalarining bor yo’qligi metod turini aniqlab beradi.
O’qitish metodini tanlaganda o’quvchilarni bilish qobiliyatlarini
hisobga olish tamoyili, bunda quyidagilarga e’tibor beriladi:
- o’quv mavzusining murakkabligiga;
- nazariy bilimlar xajmiga;
- sinf o’quvchilari darajasiga;
- o’quvchilarning mustaqil ishlarni bajara olish qobiliyatiga;
Geografik bilimlarni xususiyatlarini hisobga olish tamoyili.
Geografik
bilimlar bilishning xususiyatiga qarab quyidagi turlarga bo’linadi:
-geografik voqea va xodisalarni tashqi ko’rinishi haqidagi bilimlar.
Mazkur bilimlar o’quvchilarda o’rganilayotgan voqealar haqida tasavvur-
larni shakillantiradi. Masalan, tog’lar o’rmonlar, cho’llar, ko’llar, daryolar,
kartalar va x.k.;
-geografik voqea va xodisalarni fazoda joylashishi haqidagi bilimlar
tabiat zonalari,
iqlim mintaqalari, davlatlar, shaharlar, ma’muriy birlikla-
rini joylashuvi;
-geografik voqea va xodisalarni xossalari haqidagi bilimlar.
Bunday
bilimlarga tuproqning xosildorligi, namgarchilik, bug’lanish, , intensiv va
ekstensiv xo’jalik, tog’
jinslarining qattiqligi, suvning sho’rligi va harorati
va x.k;
-geografik jarayonlar xaqidagi bilimlar. Mazkur bilimlarga shamol,
yog’inlar, suv erroziyasi, surilmalar, zil-zilalar, ishlab chiqarish jarayonlari,
migratsiya, urbanizatsiya, vulkanlar va boshqa jarayonlar kiradi;
-geografik borliq va xodisalarning tarkibi xaqida bilimlar. Masalan,
tog’ jinslarining tarkibi, yog’inlarning tarkibi,
yer resurslarniiing tarkibi,
aholining milliy tarkibi va x.k;
-geografik borliq va xodisalarining tuzilishi haqidagi bilimlar. Mazkur
bilimlarga yerning qobig’i, yerning tuzilishi, atmosferaning tuzulishi,
yerning ichki tuzilishi, qishloq xo’jaligining
tuzilish, tuproqning tuzilishi,
xalq xo’jaligining tuzilishi va x.k;
-geografik voqea va xodisalar orasidagi aloqalar xaqidagi bilimlar,
masalan, sabab va oqibatlar, davriy, fazoviy, funktsional aloqalar.
Mazkur bilimlarning har biri alohida o’qitish usullarini qo’llashni
taqazo etadi.
Qo’llaniladigan metodlar quyidagi talabalarga javob berishi lozim:
a) metod tarbiyaviy bo’lishi lozim, ya’ni o’quvchilarning rivojlanishga,
qiziqishlariga ta’sir ko’rsatishi lozim;
b) tanlangan metod ilmiy bo’lishi lozim, metod ilmiy jihatdan
qanchalik asoslangan bo’lsa, shunchalik ravshan va aniq bo’ladi:
v) metod ommabop bo’lishi lozim;
g) metod samarali bo’lmog’i zarur, ya’ni o’quv
materiallarini
mustahkam egallashga yo’naltirilgan bo’lishi zarur.
Dostları ilə paylaş: