Toshkent davlat iqtisodiyot universtiteti


  Bank aktivlarining sifat darajasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/58
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#177530
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   58
ARM BAnk ishi darslik печатга

 


105 
Bank aktivlarining sifat darajasi 
 
№ 
Aktivlarning sifati 
Zaxiralar 

Standart 
1% 

Substandart 
10% 

Қониқарсиз 
25% 

Shubxali 
50% 

Umidsiz 
100% 
Standart. 
Ushbu aktivlar bo‘yicha qarzlarning o‘z muddatida 
to‘lanishi shubha tug‘dirmaydi. Qarz oluvchi moliyaviy jihatdan 
barqaror hisoblanadi, u yetarli miqdorda kapitalga, yuqori daromadlilik 
darajasiga hamda barcha mavjud majburiyatlar, jumladan, mazkur 
qarzni qondirish uchun yetarli pul mablag‘lari oqimiga ega. Qarz 
oluvchi amalda bajariladigan, jumladan, bozorda raqobatlasha olish, 
yaxshi mahsulot ishlab chiqarishga doir strategik rejani taqdim etadi va 
o‘z mahsulotlari uchun marketing rejasiga ega bo‘ladi. Qarzdor 
mavqeini baholash kreditga doir to‘lovlar tarixi, garovning bozorda 
sotilishi (mulk va ko‘chmas mulk, kafolat) kabi omillarni o‘z ichiga 
qamrab oladi. Garov "yaxshi ta’minlangan" kredit mezonlariga mos 
keladi. Garov amaldagi qonunchilikka muvofiq notarial jihatdan puxta 
tasdiqlangan bo‘lishi va zarur hollarda tegishli mulk bitimini 
ro‘yxatdan o‘tkazish uchun belgilangan tartibda ro‘yxatga olinishi 
lozim. Bank kredit qaytarilmagan holda cheklovlarsiz va erkin 
ravishda uni garov hisobidan undirib olishi mumkin. Ta’minotga doir 
taqdim etilayotgan barcha hujjatlar qonunchilikda belgilangan tartibda 
rasmiylashtirilishi kerak. 
"Standart" deb tasniflangan kreditlarda ular qaytarilmasligi 
alomatlari bo‘lmaydi. 
Foizlar muddati o‘tgan ssudalar "Yaxshi" deb tasniflanishi mumkin 
emas. 
Substandart. 
Substandart. toifaga kiritilgan aktivlar berilishida 
ikkilamchi to‘lov manbasi (kafolat yoki garov bilan) puxta 
ta’minlangan bo‘lishi lozim. Umuman olganda 
qarzdorning moliyaviy ahvoli barqaror hisoblanadi, lekin ayrim 
noqulay vaziyatlar yoki yo‘nalishlar mavjud bo‘lib, agarda ular 


106 
bartaraf etilmasa, qarzdorning kreditni o‘z vaqtida to‘lash qobiliyatiga 
nisbatan shubha uyg‘onishi mumkin. Shu bilan birga moliyaviy ahvol 
yoki garovni nazorat qilish borasida bir muncha shubhalar bo‘lishi 
mumkin. Kredit hujjatlarida yetarlicha axborot bo‘lmagan yoki garov 
ta’minoti bo‘yicha hujjatlari bo‘lmagan "Standart" kreditlar (aktivlar) 
ham "Substandart" aktivlar sifatida tasniflanishi mumkin. "Standart" 
sifatida tasniflangan aktivlar bo‘yicha bank qaytarilmagan asosiy qarz 
summasining 10 foizi miqdorida zaxiralar tuzishi shart. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin