135
taklif etadigan xorijiy turfirma va operatorlar allaqachon tushunib yetishgan. Ularni olib
borish tipologiyasini g‗arb mutaxassislari mukammallashtirilgan darajaga olib bordilar.
Standart temir yo‗l turlarini shart ravishda uch mustaqil kategoriyalarga ajratish
mumkin: bir kunlik, uncha uzoq davom etmaydigan (2-3 sutka), ko‗p kunlik (5 kun va
undan ortiq).
Maxsus turistik-ekskursion poyezdni ijaraga olish shartnomasiga quyidagilar
kiradi:
barcha to‗xtash punktlari ko‗rsatilgan safar yo‗nalishi;
vagonlar va vagon-restoranlarning ijara qiymati;
yo‗nalishdagi har bir punktdagi to‗xtash davomiyligi va sanalari;
ko‗rsatilgan sayohat muddatlari;
vagonlar va ulardagi joylar miqdori, vagonlar ijarasi qiymati;
vagon-restoranlar soni;
kishi boshiga choyshablar almashtirilishi miqdori;
yo‗nalish masofasi (kilometraj) va yo‗l haqi qiymati;
sayohatni bekor qilish muddatlari (yo‗lga chiqilishidan kamida 20
sutka aval);
poyezdda ko‗rsatiladigan xizmatlar (choy, choy mahsulotlari, kupega
nonushta olib kelish va hokazo).
Ekskursion firma bilan shartnoma.
Agar o‗ziga tegishli ekskursion bo‗lim
mavjud bo‗lmasa, ekskursion firma bilan shartnomalar quyidagi punktlarni o‗zichiga
oladi:
ekskursiya nomi va davomiyligi, ularda harakatlanish usullari (avtobus,
piyoda, teploxod va boshqalar);
ekskursiyalarni o‗tkazish uchun talabnomalar berish muddatlari;
talabnomalarni bekor qilish muddatlari;
ekskursiyalar narxlari;
har bir ekskursiyada guruhlardagi ekskursantlar soni;
ekskursiya uzilishlari uchun moddiy javobgarlik (ekskursion firma yoki
turoperator aybi bilan).
Dostları ilə paylaş: